Marokashda “Suriya do’stlari” guruhining majlisi yakunida unga kirgan davlatlar Suriya birlashgan muxolifatini rasman tan olishga kelishib oldi. Xususan, prezident Barak Obama shu haqdagi qarorini e’lon qildi. Bu bilan Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan kuchlar uchun xorijdan yordam olishga yo’l ochildi.
“Suriya do’stlari” guruhiga 100 dan ziyod davlatlar va xalqaro tashkilotlar a’zo. BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya hukumatiga qarshi rezolyutsiya loyihalari Rossiya va Xitoy e’tiroziga uchragach, Assadning hokimiyatdan ketishini xohlayotgan davlatlar alohida guruh tuzib, mojaroga barham berish yo’llarini uning doirasida muhokama qilib keladi.
Delegatlar Assaddan keyingi siyosiy tizim, mintaqaviy xavfsizlik, suriyalik qochqinlarga gumanitar yordam yetkazish xususida fikr almashgan.
Biroq asosiy masala yaqinda birlashgan muxolifat bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’ldi. Buning uchun davlatlar uni rasman tan olishi lozim.
Kecha prezident Obama Suriya muxolifatini xalqning qonuniy vakili sifatida qabul qilganini televideniye orqali bildirib, bundan keyin unga moddiy va boshqa turdagi yordam berish uchun zamin hozirladi.
Suriya muxolifatini shu kunga qadar Fransiya, Britaniya, Turkiya va Fors ko’rfazi kengashiga a’zo arab davlatlari tan oldi.
Rossiya Qo’shma Shtatlar qarorini tanqid qildi. Bu davlat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, bu Suriyada barqarorlikni o’rnatish harakatlariga zarardir.
"Bu bilan AQSh mojaroni siyosiy muloqot emas, balki qurol bilan hal qilish yo’lini tanlaganini namoyish etdi", - dedi Lavrov.
Obama muxolifatni qurol bilan ta’minlashi haqida lom-lim demadi. AQSh xavotiriga ko’ra, aksil-Assad kuchlar orasida terror guruhlari ham bor. Qo’shma Shtatlar shulardan birini joriy hafta terrorchi tashkilot deb belgiladi.