Breaking News

Oxirgi safarida Prezident Obama Yevropa va Xitoyga nima deydi?


14-21 noyabr kunlari Barak Obama prezident sifatida oxirgi marta xorijiy safarga chiqadi. Oq uyga undan keyin respublikachi Donald Tramp, dunyoqarashi tamoman boshqacha lider, keladi. Dunyo xavotirda, deya tan oladi Obama ma'muriyati, ayniqsa Yevropa Ittifoqidagi yaqin hamkorlar, shuningdek, uzoqdagi kuchli sherik va raqobatchi - Xitoy. Prezident ularni rishtalar zanjiri uzilmaydi deya ishontirishga harakat qiladi.

Obama avvalo Gretsiyaga boradi. Afrinadagi qadim obidalardan turib u dunyo ahliga murojaat qiladi: globalizatsiya olib kelgan imkoniyatlar va mashaqqatlar haqida so'zlaydi.

Keyin prezident Germaniyaga yo'l oladi. Berlinda u nafaqat Kansler Angela Merkel balki Britaniya va Fransiya rahbarlari bilan ham muloqot qiladi.

Oq uy, 10-noyabr, 2016
Oq uy, 10-noyabr, 2016

Obama so'ngra Peruga boradi. Bu davlat poytaxti Limada u Osiyo-Tinch okeani Iqtisodiy Hamkorligi Tashkilotining sammitida qatnashadi. Xitoy va Avstraliya rahbarlari bilan yuzma-yuz muzokaralar olib boradi.

Tramp Obamaning tashqi siyosatdagi qator qarorlari va kelishuvlarini bekor qilishga so'z bergan, jumladan global iqlim kelajagi yuzasidan bitim hamda Eron atom dasturi bo'yicha xalqaro murosani.

Umid shuki, deydi Oq uy rasmiylar, saylov kampaniyasida aytilgan asossiz gaplar, iddaolar chetga suriladi va Prezident Tramp real tahdid va manfaatlardan kelib chiqqan holda ish ko'radi. Obama hokimiyatni unga topshirar ekan, Amerikani global lider sifatidagi roli nafaqar buyuk mas'uliyat ekanini uqtiradi.

Shimoliy Atlantika harbiy alyansi, 28 davlat a'zo NATO, dunyodagi eng qudratli blok. AQSh uning markazidagi davlat, uni har tomonlama tebratib keladi.

Oq uy ohar bir a'zo teng hissa qo'shsin, moliyaviy va harbiy jihatdan chetda turmasin, deya undab keldi. Tashkilotning asosi mustahkam, ichki islohotlar davom etmoqda va u Amerikaga tayangan holda ishlashga o'rgangan, deydi rasmiylar.

Tramp fikricha NATO a'zolari AQShning boqimandasi emas va o'z xavfsizligini o'zi ta'minlay olishi kerak. Ular Vashington g'amxo'rligiga o'rganib ketgan, deya tanqid qiladi respublikachi.

Xitoy bilan aloqalarga kelsak, deya bayon qiladi Oq uy, bu davlat bilan kelishib ishlash dunyo kelajagini hal etuvchi ahamiyatga ega.

Amerika va Xitoy - dunyodagi end qudratli davlatlar, biznes hamkorlar va shu bilan birga raqobatchilar.

Kelishmovchilar talay lekin global maqsadlar yuzasidan til topishishga urinishdan to'xtamaslik kerak.

NATO, shubhasiz, qudratli blok, deydi Prezident Obama, lekin zamon talablariga yaxshiroq javob bera olishi uchun o'zini isloh qilish kerak
NATO, shubhasiz, qudratli blok, deydi Prezident Obama, lekin zamon talablariga yaxshiroq javob bera olishi uchun o'zini isloh qilish kerak

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG