Breaking News

Obama: Savdo qoidalarini Xitoy emas, AQSh belgilashi kerak


Prezident Obama 12 mamlakat bilan imzolangan erkin savdo bitimini tasdiqlashga chaqirmoqda
Prezident Obama 12 mamlakat bilan imzolangan erkin savdo bitimini tasdiqlashga chaqirmoqda

AQSh Prezidenti Barak Obama “Vashington Post” gazetasida yozishicha, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy hamkorlikka doir qoidalarni Xitoy emas, AQSh belgilashi zarur.

Amerika rahbari qonunchilarni regiondagi 12 mamlakat bilan imzolangan erkin savdo bitimini tasdiqlashga chaqirmoqda.

Obama maqolada Xitoy va yana 15 mamlakatning Osiyoda keng qamrovli iqtisodiy blok tashkil etish harakatlarini jiddiy e’tiborga olmasligini yozadi.

Unga ko’ra, Xitoy yetakchiligidagi tashabbus hukumat subsidiyalari yordamida ishlayotgan korxonalar o’rtasidagi g’irrom raqobatning oldini ololmaydi, internetning erkin ishlashini ta’minlay olmaydi, yozuvchilar va artistlarning intellektual mulklarini himoya qila olmaydi, yuqori menhat yoki ekologiya standartlarini yarata olmaydi.

“AQSh ishtirokidagi Trans-Tinch okeani hamkorligi bitimi esa bunday kafolatlarni bera oladi va boshqa davlatlar Amerika mahsulotlariga joriy etgan 18000 dan ziyod soliq va tarif turlarini bekor qilishga qaratilgan”, - deydi Obama.

Unga ko’ra, bitim kuchga kirishi bilan Amerika kompaniyalari mahsulotlari eksportini oshirish imkoniga ega bo’ladi.

Biroq Trans-Tinch okeani hamkorligi shartnomasiga Obamaning Kongressdagi ayrim partiyadoshlari qarshi, xususan, Demokratlar va Respublikachilar partiyalaridan prezident bo’lishga intilayotgan sobiq davlat kotibi Xillari Klinton va tadbirkor Donald Tramp.

Saylov kampaniyasi avjida ekan, qonunchilar bitim uchun ovoz berish kunini hali belgilmagan. Ayrimlarga ko’ra, masala noyabr saylovidan so’ng ovozga qo’yilishi mumkin.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xun Ley Obamaning maqolasini tanqid qilarkan, xalqaro savdo qoidalari bir davlat tomonidan emas, barcha mamlakatlar tomonidan o’rnatilishi kerak, dedi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG