Breaking News

Tramp: Obama "Islomiy davlat"ning asoschisi


Donald Tramp Floridada saylovchilar bilan uchrashmoqda, 10-avgust, 2016-yil.
Donald Tramp Floridada saylovchilar bilan uchrashmoqda, 10-avgust, 2016-yil.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp AQShning Iroq va Suriyadagi siyosatini tanqid qilar ekan, Prezident Barak Obamani hatto “Islomiy davlat” to’dasining asoschisi deb atadi.

Tramp ilgari Hillari Klintonni ham “Islomiy davlat” paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan shaxslardan deb ta’riflagan. Ammo Florida shtatidagi chiqishida u tanqidlarini bir necha karra oshirdi.

“Ko’p jihatdan ular prezident Obamani hurmat qilishadi. Chunki u Daish asoschisi. Bunga shubha yo’q. Klintonni ham Obamaning qatorida ko’rish kerak”, - deya ta’kidladi Tramp.

Vakillar Palatasida demokratlar yetakchisi Nensi Pelosi Trampni bu gaplari uchun qoralamoqda.

“Safsatabozlar diqqat markazida bo’lish uchun og’ziga kelganini vaysayveradi. Bu tasodif emas, Tramga o’xshaganlar ataylab shunday yo’l tutadi”, - deya uni koyidi Pelosi.

Unga ko’ra, AQSh Iroqni bosib olgani Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan va “Islomiy davlat” paydo bo’lishiga olib kelgan. U paytda Klinton senator edi, Obama Kongressga ham saylanmagan edi.

Respublikachilarning aytishicha, ikki yil ilgari "Islomiy davlat" Iroq va Suriya shaharlarni bosib olayotganda Obama ma’muriyati bu guruhga qarshi yetarli chora ko’rmadi. Ammo Obamani hali hech bir respublikachi jangari to'da asoschisi deb atamagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG