Breaking News

Prezident Obama "Twitter"da shaxsiy sahifasini ochdi


potus
potus

AQSh Prezidenti Barak Obama "Twitter" ijtimoiy tarmog'ida shaxsiy sahifasini ochdi. @POTUS deb nomlangan bu sahifa 24 soat ichida ikki millionga yaqin kuzatuvchini (follower) o'ziga jalb qildi. Ayni paytda sahifani kuzatayotganlar soni ikki yarim millionga yaqinlashgan.

POTUS ingliz tilidagi AQSh Prezidenti (President of the United States) so'zlarining qisqartmasi bo'lib, Oq uyning aytishicha, undagi xabarlar shaxsan Prezident Obama tomonidan yoziladi.

Bu sahifaga qo'yilgan ilk yozuvda Obama shunday deydi:

"Salom, Twitter! Bu Barak. Rostdan! Olti yildan keyin nihoyat menga ham o'z sahifamni ochib berishdi".

Bu ilk xabar "iPhone" telefonidan jo'natilgan.

Oq uy blogida yozilishicha, "Twitter"da ochilgan yangi sahifa orqali Prezident Obama Amerika xalqi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qiladi.

"Prezident Obama o'z ma'muriyatini tarixdagi eng ochiq va faol qilishga bel bog'lagan va @POTUS amerikaliklarga o'zlari uchun eng muhim masalalarda muloqot olib borishga yangi maydon beradi", - deb yoziladi unda.

Obama ilgari ham "Twitter"da @BarackObama nomi ostida faoliyat yuritgan. Lekin bu sahifa "Harakat uchun uyushish" nomli guruh tomonidan boshqarilgan. Prezident tomonidan yozilgan so'zlarga "BO" qisqartmasi bilan imzo chekilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG