Breaking News

Obama: Iroq qonga botsa teskari qaray olmaymiz

Obama nazarida jahonda muammo tug’ilgani zahoti AQSh darrov aralasha olmaydi va aralashmasligi kerak. Lekin Iroqda tog’li hududda aybsiz insonlar jangarilardan jabr ko’rayotgan bo’lsa, Amerika teskari qarashi to’g’ri emas, deydi prezident.

Barak Obamaning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Iroqdagi urushga o’ralashib qololmaydi. Chunki Iroqdagi tub muammoni AQShning quroli bilan hal qilish mumkin emas.

Obama xalqqa haftalik murojaatida shu haqda to’xtaldi. Amerika rahbari shu hafta Iroqda ikki amaliyotga ruxsat berdi – birinchidan, bu davlatda ishlayotgan aqshliklarni mudofaa qilish. Ikkinchidan, Iroqda jangarilar qamalida qolayotgan oddiy fuqarolarga insonparvarlik yordami yetkazish.

Obama nazarida jahonda muammo tug’ilgani zahoti AQSh darrov aralasha olmaydi va aralashmasligi kerak. Lekin Iroqda tog’li hududda aybsiz insonlar jangarilardan jabr ko’rayotgan bo’lsa, Amerika teskari qarashi to’g’ri emas, deydi prezident.

Iroqning Sinjar tog’ida jon saqlayotganlar – nasroniy, yazidiy va boshqa mayda diniy guruh vakillari. Jangarilar ularni islomga o’tasan yo o’lasan, deb quvib kelayapti.

Juma kuni Qo’shma Shtatlar shimoldagi jangarilarni havodan bombardimon qila boshlagan. Bunda dronlar va jangovar samolyotlar ishlatilayapti.

Oq uyning bildirishicha, havo hujumlaridan maqsad Irbil shahrida xizmat qilayotgan Amerika diplomatlari va harbiy maslahatchilarini himoya qilishdir.

Jangarilar Iroqning shimoliy shaharlari, Suriya sharqini egallab, endi kurd manzillariga tahdid solayapti. Ular ozchilik elatlar va diniy guruhlar vakillarini shafqatsizlarcha qatl etayotgani haqida xabarlar bor.

Barak Obama harbiy operatsiyaga ruxsat berishdan oldin Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Jon Beynerga tushuntirish xati yo’lladi. Oq uy izohicha, amaliyotlarning tugal sanasi hali belgilanmagan.

Britaniya ham Iroqqa insonparvarlik yordami yetkazishini bildirayapti, lekin havo hujumlarida qatnashmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG