Breaking News

“Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi xalq uchun nimalar qilmoqchi?


Hukumat nega “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasidan xavotirda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:11 0:00

Hokimiyatga kelsa dastlab o’zbek parlamentini tarqatishni, gaz va elektrga doir xalqaro bitimlarni qayta ko’rib chiqishni, Karimov davri repressiyasi qurbonlariga tovon to’lashni va’da qilgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi faollari mahallalarda “sazoyi” qilinayotgani kuzatiladi.

Itimoiy tarmoqlarda partiya uchun aholi imzosini to’plagan yosh faollar soxtakorlikda ayblanib, mahalla yig’inlarida muhokama qilinayotgani, mahalla ahli, oqsoqollar “adashgan” bu yoshlarni “to’g’ri” yo’lga qaytarayotgani aks etgan video lavhalar tarqaldi.

Shu yo’nalishdagi bir videoda “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi lideri, professor Xidirnazar Olloqulovning o’zi, uning oila a’zolari haqorat qilinadi, mamlakatda siyosiy partiya tuzishga intilayotgan professor tovlamachilikda ayblanadi.

Partiya faollari so’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bu ayblovlarni rad etib chiqishdi, ayblovlar ortida siyosiy raqobatga, mustaqil partiya faoliyatiga chidamayotgan hukumat turganini iddao qilishdi.

Amaldagi hukumatga muxoliflik da’vosidagi “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi yaqinda rasman ro’yxatdan, oktabrdagi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun O’zbekiston Adliya vazirligiga 20 ming imzo topshirgan edi.

Partiya faollarining mahallalarda muhokama qilinishi, partiyani qo’llab imzo berganlar huquq-tartibot idoralariga so’roqqa chaqirilishi, Olloqulovning tovlamachilikda ayblanishi aynan shu jarayon ortidan kuzatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan bu ayblovlar “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi nimasi bilan hokimiyatni bu qadar xavotirga solayotgani, haqiqatda bu partiyaning maqsadi nima, iqtidorga kelgan taqdirda mamlakat, xalq uchun nimalar qilmoqchi, qanday va’dalar bermoqda, degan savollarni yuzaga chiqarmoqda.

“Amerika Ovozi” avvalroq hokimiyat da’vosi bilan chiqayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasining maqsadlari haqida partiya rahbari Xidirnazar Olloqulov bilan suhbatlashgan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG