Breaking News

Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropada jurnalistlarga tazyiqlar


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo ko’plab davlatlarda jurnalistlar hayotiga tahdid va tazyiqlar kuchaygan. Qo’shma Shtatlar bu vaziyat yuzasidan chuqur xavotir bildirmoqda.

Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropada jurnalistlarga tazyiqlar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00
Yuklab oling

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning aksar mamlakatlarida jurnalistlarga qarshi zo’ravonlik hollari ko’paygan. Jumladan ularni o’g’irlash, do’pposlash va o’ldirish.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti yaqinda Varshavada inson huquqlari bo’yicha yillik anjumanga yig’ildi. AQSh delegatsiyasi rahbari vaziyatni shunday tasvirlab berdi.

Rossiya hukumati fuqarolarning erkin fikr bildirishi yo’lida to’siqlar qo’ymoqda, va yaqinda internetdan foydalanish bobida yangi cheklovlar joriy etdi. Hukumat pozitsiyasidan farqli qarashlarini bayon qilganlar, xususan Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlari haqida ochiq gapirganlar siquvga olinayotgani, qo’rqitilayotgani xavotirga molik, deydi AQSh rasmiylari.

Ukraina sharqida hamda Rossiya bosib olgan Qrimda axborot yig’ish o’z hayotini xavf ostiga qo’yish demakdir. So’nggi bir yilda u yerda besh muxbir o’ldirilgan. Yana o’nlab nafari qattiq kaltaklangan, o’g’irlangan va qamoqqa olingan.

Tojikistonda Emomali Rahmon ma’muriyati internetdagi ommabop saytlar va mustaqil axborot sahifalarini vaqti-vaqti bilan to’sishni odat qilgan. Bu mamlakatda ham qalam ahli ta’qib ostida.

Ozarbayjonda huquq-tartibot organlari 20 tashkilot ustidan jinoiy ish qo’zg’atgan. So’nggi bir yilda fuqaro jamiyatining yetakchi faollari hibsga olindi, bank raqamlari muzlatildi va nohukumat tashkilotlar xodimlariga bosim oshdi.

Turkiyada esa nozik mavzularni yoritishga jur’at etgan muxbirlar nishonda. Gazetalarga egalik qilish tizimi shunday yo’lga qo’yilganki, turfa xil fikrlar yangramaydi, muxbirlar o’zini senzura qiladi.

Qirg’izistonda birovni asossiz jinoyatda ayblashning o’zi jinoyat deb belgilangan. Xoh omma oldida qilingan bayonotlarda bo’lsin, xoh gazetalarda.

Qozog’istonning Jinoiy kodeksida birovga tuhmat qilish tushunchasi keng talqin qilina boshladi. Vengriyada esa tuhmatda ayblangan shaxs uzoq muddatga qamalishi mumkin. Turkmaniston va O’zbekiston - huquq faollari va jurnalistlarni qamashda yetakchi.

Demokratiya va ozodlik jurnalist o’z ishini bajara olishiga bog’liq, deydi AQSh Davlat kotibi Duglas Frants:

“Jurnalistlarni qamash, ijtimoiy tarqmoqlarga blok qo’yish orqali so’z erkinligini cheklagan hukumat o’zini kuchli deya olmaydi. Aksincha, bunday ishlar boshqaruv zaifligidan darak”.

So'z va matbuot erkinligi cheklangan davlatlar - OSCE members violating freedom
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:37 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG