Breaking News

Turkmaniston matbuot erkinligi bo'yicha konferensiyaga mezbon


Konferensiya qatnashchilari
Konferensiya qatnashchilari
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich Markaziy Osiyo davlatlarini internetga to’siq qo’ymaslikka chaqirmoqda.

Bugun Turkmaniston poytaxti Ashgabadda 14-Markaziy Osiyo matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda. “Internet hamma uchun ochiq, hukumat aralashuvi va cheklovlardan xoli axborot platformasi bo’lishi kerak”, - dedi Miyatovich ishtirokchilarga qarata.

Tadbirda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston va Afg’onistondan jurnalistlar, rasmiylar, fuqaro jamiyati faollari va olimlar qatnashyapti.

“Axborot oqimini to’sish muammoga yechim bo’la olmaydi. Hukumatlar chindan ham fuqaro xavfsizligi haqida qayg’urayotgan bo’lsa, ularning internet haqidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan dasturlar bilan chiqsin”, - deydi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili.

Turkmaniston bu mavzudagi konferensiyaga ilk bor mezbonlik qilishi. O’tgan yili anjuman Dushanbeda o’tkazilgan edi.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti 12 davlatni internet dushmanlari deb belgilagan. Ular orasida Turkmaniston va O'zbekiston ham bor.

2011-yilda, deyiladi tashkilot bayonotida, arab dunyosidagi inqilobiy o'zgarishlar aynan internet vositasida amalga oshdi va bu hol ayrim davlatlarni, jumladan, O'zbekistonni xavotirga soldi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG