Breaking News

Oslo tinchlik kelishuvining 30 yilligi. Boy berilgan imkoniyatlarni xotirlab


Isroil Bosh vaziri Is'hoq Rabin, AQSh Prezidenti Bill Klinton va Falastin Muxtoriyati raisi Yosir Arofat Oslo tinchlik kelishuvini imzolash marosimi paytida, 13-sentabr, 1993-yil
Isroil Bosh vaziri Is'hoq Rabin, AQSh Prezidenti Bill Klinton va Falastin Muxtoriyati raisi Yosir Arofat Oslo tinchlik kelishuvini imzolash marosimi paytida, 13-sentabr, 1993-yil

30 yil oldin Isroil-Falastin tinchlik kelishuvi yaqindek tuyulgan edi. AQSh vositachiligida imzolangan Oslo tinchlik bitimidan ko’p narsa kutilgan edi, biroq shundan 30 yil o’tib ham tinchlik qaror topmadi.

Xalqaro hayot - 12-sentabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:46 0:00

“Muzokaralar, diplomatiya ozodlikka, Falastin davlatining qaror topishiga yetaklaydi degan samimiy ishonch bor edi. Afsuski, bugunga kelib, istilo yanada kuchaydi. Isroil bilan mojaro davom etmoqda, hatto qonliroq kechmoqda. Falastin rahbariyati esa chirigan, samarasiz. Falastinliklar taqdirga tan bergan”, - deydi Vashingtondagi Yaqin Sharq siyosati institutidan G’ayt Umariy.

Yossi Beylin Oslo tinchlik muzokaralarida faol bo’lgan isroilliklardan. Uning aytishicha, Bosh vazir Is’hoq Rabinning tinchlik bitimiga qarshi bo’lgan yahudiy ekstremist tomonidan 1995-yilda otib ketilgani kelishuvning muvaffaqiyatsizlikka uchrashida bir omil bo’ldi.

“Asosiy muammolardan biri shu bo’ldiki, hudud bo’linishiga yo’l qo’ymaslik uchun o’limga ham tayyor bo’lgan har ikki taraf ekstremistlari hujumiga uchradik”, - deydi sobiq muzokarachi Beylin.

Muzokara jarayoniga aloqador isroillik bir sobiq razvedkachi fikricha, Falastin marhum rahbari Yosir Arofatning Isroil borlig’ini inkor etgan falastinlik ekstremistlarga xayrixohligi ham tinchlik jarayonining barbod bo’lishiga olib keldi.

“Muzokaraga kirishga tayyor bo’lishiga qaramay, Arofat har ikki taraf foydasiga o’ynaydigan arbob edi. U terrorchi elementlar bilan qo’sh o’yin o’ynay boshladi va bu tez orada Isroil mudofaa va razvedka idoralarining uning maqsadlariga bo’lgan ishonchini yemirdi”, - deydi hozirda Quddus strategiya va xavfsizlik institutining tahlilchisi Eran Lerman.

Falastinliklar nazarida, Isroilning G’arbiy Sohilda yahudiylar uchun qurilishlarni kengaytirishi inqirozni tinch yo’l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday imkoniyatni yo’qqa chiqardi. Qurilishlar hali ham davom etmoqda. 30 yil oldin G’arbiy Sohilda 100 ming yahudiy yashagan bo’lsa, hozir ularning soni yarim millionga yetdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG