Pragada asoslangan "Ozodlik" radiosi O'zbekistonni chetdan turib har qanday axborot vositasidan izchilroq va kengroq yoritmoqda, deya baholaydi yaqinda unga jurnalistik mukofot bergan AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi. Mukofot Vashingtonda O'zbek xizmati rahbari Alisher Siddiqqa topshirildi. Kengash "Ozodlik" qatorida "Amerika Ovozi" hamda yana to'rt media tashkilotni boshqaradi. Mablag'ni AQSh Kongressi har yili ajratadi.
Xo'sh, muddao nima? O'zbekistonda biror muxbiri yo'q, uzoq yillardan beri respublikada o'z bo'limi yoki doimiy korrespondenti mavjud bo'lmagan "Ozodlik" axborotni qay yo'l bilan oladi? Kimga tayanadi? Dasturlar, sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi faol sahifalar kimga qaratilgan?
"Ozodlik" rahbari Alisher Siddiq bugungi o'zbek jurnalistikasi, global matbuot va axborot oqimi, muxlislar va O'zbekistondagi vaziyat haqida qanday fikrda?
"Amerika Ovozi" va "Bi-Bi-Si" (BBC) faoliyatini qanday baholaydi?
Alisher Siddiq bilan bir soat mobaynida mana shu va boshqa mavzular haqida gaplashdik.
Facebook Forum