Yaqinda Pokiston va Afg’oniston chegarasida ro’y bergan otishma va unda bir afg’on zobitining halok bo’lishi ikki mamlakat o’rtasidagi keskinlikni oshirib yubordi.
Britaniya Hindistonni boshqargan davrlarda tortilgan chegara chiziqlari, mustamlakachilik tarixi hanuz nizolarga sabab bo’layapti.
Afg’oniston Pokistonni Go’shta mintaqasida noqonuniy ravishda chegara punkti barpo etganlikda ayblab, olis qishloqqa qo’shinlarini safarbar etdi.
Qo’shni davlat esa sarhadni buzganini rad etmoqda. Tekshiruv punkti 1893-yilda inglizlar tomonidan belgilangan va ikki davlatni ajratib turadigan Durand chizig’ida joylashgan, deydi Pokiston rasmiylari.
“Reyter” axborot agentligi muxbiri Mira Makdonald region tarixi haqida kitob yozgan. Uning aytishicha, Durand chizig’i xaritalarda ko’rsatilgan bo’lsa-da, hamon munozara uyg’otadi.
“Pokiston 2600 kilometrga cho’zilgan chegarani tan oladi, ammo afg’onlar mustamlakachi inglizlardan qolgan kelishuvni noqonuniy deb hisoblaydi”, - deydi Makdonald.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rgangan Bijan Umroniy o’z izlanishlariga tayanib aytishicha, inglizlar Durand chizig’ini xalqaro sarhadlarni belgilash maqsadida emas, balki o’z imperiyasini Rossiyadan himoya qilish uchun belgilab qo’ygan.
Britaniya uchun bu joylar nazoratga berilmaydigan bir hudud edi, iqtisodiy qoloqlik va qashshoqlik bugungi kungacha davom etyapti, deydi olim.
“Taraqqiyotdan juda orqada, ayniqsa, sog’liqni saqlash va ta’lim tizimi xarob ahvolda. Savodxonlik erkaklar orasida 17 foiz, ayollar orasida atigi uch foiz. Shuning uchun odamlarni hiyla-nayrang bilan birovga ergashtirish, tashqi kuchlarga qarshi qayrash oson”, - deydi tarixchi.
Jurnalist Mira Makdonaldning aytishicha, AQShning uchuvchisiz samolyotlari eng ko’p nishonga oladigan mintaqa ham shu.
“Maqomi mavhum, aholisi zulmatda ezilgan va islomiy jangarilik avj olgan bir joy”.
Durand chizig’i qabilalar yashovchi katta bir hududni ikkiga bo’lib qo’ygan. Tarixchi Bijan Umroniyga ko’ra, Afg’oniston azaldan bu joylarga da’vogarlik qiladi.
“Pokiston, albatta, o’z territoriyasining bir bo’lagini ham Afg’onistonga bermaydi. Afg’onistonda esa bilishadiki, Pokiston hukumati Tolibon davrida bu olis joylarda jangarilarni tayyorgarlikdan o’tkazib, qo’shni davlat ishlariga aralashgan”, - deydi Umroniy.
Sobiq imperiya sarhadlarida keskinlik davom etayotgan bir paytda, Britaniya kolonial merosi bilan hisoblashishga majbur. Yaqinda keksa keniyaliklar bu davlatni sudga berish uchun ruxsat oldi. Ular 1950-yillarda vahshiylarcha qiynoqqa solingani uchun kompensatsiya talab qilmoqda.
Advokatlarning aytishicha, bu ish yana yuzlab da’volarga yo’l ochishi mumkin. Britaniya hukumatining bildirishicha, tarixdan saboq olish ham demokratiyaning bir xususiyati.