Breaking News

Afg'oniston-Pokiston chegarasida otishma kuzatildi


Afg'oniston-Pokiston chegarasi, Paktika viloyati
Afg'oniston-Pokiston chegarasi, Paktika viloyati

Bugun Afg'oniston-Pokiston chegarasida chegarachilar o'q almashib, bir afg'on harbiysi nobud bo'lgan, pokistonlik ikki askar yaralangan.

Pokiston armiyasi so'zlovchisi general-mayor Osim Bajvaning aytishicha, pokistonlik harbiylar chegarada qurilish bilan band bo'lgan bir paytda Afg'oniston tomonidan o'qqa tutilgan.

Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi vakili Sodiq Sidiqiyning Kobulda muxbirlarga ma'lum qilishicha, hukumat voqeani o'rganish uchun hududga tergovchilarni yuborgan.

Chegaraning Afg'oniston tomoni Paktika viloyatiga qarashli, Pokiston tomoni esa notinch Janubiy Vaziriston qabilaviy mintaqasiga.

"Qurilish ikki tomonlama shartnomaga xilof bo'lgan bo'lishi va chegarachilarimiz uning oldini olish uchun o't ochgan bo'lishi mumkin", - dedi Sidiqiy.

Biroq general Bajvaning aytishicha, qurilish Pokiston hududida bo'lgani uchun shartnoma buzilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG