Afg’oniston va Pokiston Tolibon harakati bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga doir harakatlar rejasi bo’yicha kelishib oldi.
Kobulda prezident Hamid Karzay bilan uchrashgan Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Afg’onistonda “halokatli urushga” chek qo’yish kerak, deya ta’kidladi.
Afg’onistonda nizolashayotgan tomonlarni yarashtirish uchun yordamni ayamaymiz, dedi Navoz Sharif Kobulga ilk safari chog’ida. Pokiston mulozimi uning mamlakati afg’on tinchlik muzokaralarini qo’llab-quvvatlab kelayotgani va bu ishda bundan keyin ham sobit qolishini aytdi.
“Fursatdan foydalanib, barcha guruhlarni tinchlik yo’lida bir yoqadan bosh chiqarishga chaqiraman. Bu cheksiz qonli mojaroga nuqta qo’yish, muloqotni yakuniga yetkazish kerak. Qanday yordam kerak bo’lsa, Pokiston qo’l cho’zishga tayyor”, - deydi bosh vazir.
Tolibon rahbarlari Pokistonda qo’nim topgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor ekan, Afg’oniston prezidenti ularni muzokaraga ko’ndiring deb qo’shni davlatni niqtab keladi. Islomobod jangarilar bilan til biriktirganini inkor etib, Tolibon yetakchilaridan bir nechasini qamoqda saqlayotganini tasdiqlagan.
Ana shunday iddarolar sabab ikki davlat orasi so’nggi payt ancha sovuqlashgan edi. Ammo Navoz Sharif hokimiyatga kelganidan buyon munosabatlar ozmuncha iliqlashgan.
Prezident Karzayning aytishicha, siyosiy va iqtisodiy rishtalarni shunday bir darajaga ko’tarish kerakki, ham Pokiston, ham Afg’oniston ahli osuda hayot kechira olsin. Buning uchun terrorizm va ekstremizmdan xalos bo’lishimiz darkor, deydi u.
O’tgan oy Afg’oniston Oliy tinchlik kengashi a’zolari Islomobodda bo’lib qaytdi. Uning vazifasi Tolibonni hukumat bilan gaplashishga ko’ndirish. Xabarlarga qaraganda, delegatsiya Tolibon rahbarining sobiq muovini, kuchli nazorat ostida Pokistonga yashayotgan Mulla Abdul G’ani Birodar bilan uchrashgan.
Biroq tomonlar buni hali tasdiqlamadi.
Navoz Sharif Kobulda bu mavzuni obdon muhokama qilgan. “Agar Afg’oniston rahbari Pokistonga o’z vakillarini jo’natsa, albatta Mulla Birodar bilan uchrashuvlarni tashkillashtirib beramiz”, - deydi u.
O’tmishda Mulla Birodar Afg’oniston rahbariyati bilan uchinchi bir davlatda muzokara o’tkazishga uringan. 2010-yilda Pokiston hududidan o’tayotganda hibsga olingan edi. Karzay ma’muriyati u Tolibon bilan muzokaralarni boshlab berish uchun hamon yetarli nufuzga ega ekaniga ishonadi.
Navoz Sharif hukumati Oliy tinchlik kengashining talabiga binoan so’nggi oylarda taxminan 40 Tolibon asirini ozod etgan. Ammo ular Afg’onistonga qaytishdan ham, Karzay hukumati bilan gaplashishdan ham bosh tortayapti.
Ma’lumki, NATO qo’shinlari kelasi yil oxirida Afg’onistonni tark etganidan so’ng xavfsizlik uchun mas’uliyat mahalliy qo’shinlar zimmasiga o’tadi. Tinchlik muzokaralari oldinga siljishi 2014-yildan keyingi davr uchun o’ta muhim.