Pokiston rasmiylariga ko’ra, Afg’oniston tinchlik muzokarachilari va Tolibon yetakchilari o’rtasida muloqot boshlangan. Kuzatuvchilarning umid qilishicha, tomonlar urushga nuqta qo’yuvchi so’nggi kelishuvga erishish yo’lida muzokarani davom ettiradi.
Pokistonning tashqi siyosat va milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Sartaj Azizning bildirishicha, Islomobod har doim Afg’onistonda tinchlik muzokaralarining boshlanishini qo’llab kelgan. Biz ilgari ham shunday qilganmiz va siyosiy kelishuvga yetaklovchi xatti-harakatlarni bundan keyin ham qo’llab-quvvatlashda davom etamiz, deydi u.
Pokistonning tashqi siyosat va milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Sartaj Azizning bildirishicha, Islomobod har doim Afg’onistonda tinchlik muzokaralarining boshlanishini qo’llab kelgan. Biz ilgari ham shunday qilganmiz va siyosiy kelishuvga yetaklovchi xatti-harakatlarni bundan keyin ham qo’llab-quvvatlashda davom etamiz, deydi u.
“Biz o’z vositachilarimiz orqali Tolibonni muzokara boshlashga undab kelayotgan edik. Oz bo’lsa-da, bu borada ijobiy siljishning borligi yaxshi xabar. Muloqot jiddiy davom etadi va bu jarayonga boshqa guruhlar ham qo’shiladi, deb umid qilamiz”, - deydi Pokiston rasmiysi.
Bu o’tgan hafta Dubayda bo’lib o’tgan Afg’oniston Oliy tinchlik kengashi a’zolari va Tolibon yetakchilari o’rtasidagi uchrashuv yuzasidan Pokiston chiqargan ilk rasmiy bayonot.
Uchrashuvda Tolibon vakillariga Tolibon davrida moliya vaziri bo’lgan Mutasim Ag’ajon boshchilik qilgan. Muloqot tafsilotlari ma’lum emas.
Sartaj Azizning aytishicha, Pokiston bundan buyon Afg’onistonda hech bir tomonni alohida qo’llab-quvvatlamaydi. Xalqaro kuchlar mamlakatni tark etgach, har bir guruh inqirozdan qanday chiqish masalasida o’z qarorini berishi va tinchlik muzokaralariga qo’shilishi kerak, deydi u.
“Dunyoda hech kim, hech bir islomiy davlat, jumladan, Pokiston Afg’onistonning xalqaro kuchlar ketgandan so’ng yana urush domiga tortilishini istamaydi”, - deydi Aziz.
Dubay uchrashuvi Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay tashabbusi bilan boshlangan muzokaralarning bir qismi.
Ammo Tolibon vakillari rasmiy Kobul bilan muzokara o’tkazish huquqi hech kimga berilmaganini aytadi. Har qanday tinchlik muloqoti faqat Qatardagi idora orqali hamda AQSh boshchiligidagi xalqaro kuchlar Afg’onistonni tark etganidan so’ng amalga oshiriladi, deydi Tolibon yetakchilari.
Tolibonning Qatardagi idorasi o’tgan yili Kobul bilan tinchlik muzokaralarini jadallashtirish uchun AQSh va Pokiston tashabbusi bilan ochilgan edi. Ammo Karzay Kobul roziligisiz Tolibon va AQSh o’rtasidagi muloqotni tan olmasligini e’lon qilgach, muzokaralar to’xtab qoldi. Shuningdek, Karzay Tolibonning Afg’onistonda hukmronlik qilgan davrida qo’llagan nomi tushirilgan yozuv va bayroqni Qatar idorasiga osib qo’yganidan keskin norozilik bildirdi.
Pokiston rasmiylarining xavotiriga ko’ra, agar Afg’onistonda beqarorlik 2014-yildan keyin ham davom etsa, buning salbiy oqibatlari Pokistonga ham sizib kirishi turgan gap. Pokistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Riaz Muhammad Xon bu haqda shunday deydi:
“Pokiston o’z hududidan turib Tolibonga yoki boshqa biror guruhga rasmiy yoxud norasmiy yordam ko’rsatsa, buning badalini to’lashiga to’g’ri keladi. Jangari guruhlarga boshpana berish har ikki tomonda ham muammolarni keltirib chiqaradi”.
90-yillar o’rtasida Tolibonning hokimiyatga kelishiga Pokistonning harbiy josuslik xizmati yordam bergan edi. Ko’plab kuzatuvchilarga ko’ra, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan ko’psonli afg’on armiyasi bundan buyon islomiy jangarilarning nazoratni qayta qo’lga olishiga yo’l qo’ymaydi.
Ayni paytda Islomobod Tolibon yetakchilari va Al-Qoidaga aloqador Haqqoniy tarmog’i jangarilarining Pokistonda yashirinib yurganini inkor etadi.