Breaking News

Lohur sudi: Musa Xon, to'qqiz oylik go'dak, qotillikka aloqador emas


To'qqiz oylik Musa Xon
To'qqiz oylik Musa Xon
Pokistonda sud to’qqiz oylik bolaga qo’yilgan jinoiy ayblovlarni bekor qildi. Politsiya uni hibsga olishdan bosh tortgan edi.

Musa Xon ismli go’dak va uning yaqinlari qotillikda gumon qilinayotgan edi.

Uy to’lovlarini talab qilib kelgan ichki ishlar xodimlari bilan yuzaga kelgan to’qnashuvda bir politsiyachi halok bo’lgan. Tergovchilarning aytishicha, uni Musa Xonning oilasi o’ldirgan.

Butun xonadon javobgarlikka tutilishi kerak, deya bildiradi prokuratura. To’qqiz oylik bolaning barmoq izlari ham olib, tekshirilgan. Qotillik haqida dalil-isbot bor, deya da’vo qiladi tergovchilar.

Lekin bugun Lohur sudi ayblovlar asossiz deya hukm chiqardi. Musa Xonning yaqinlari, jumladan bobosi javobgarlikka tutiladi, lekin go’dak mahkamadan ozod.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG