Breaking News

Pokiston AQSh mudofaa vazirining so'zlaridan norozi


AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta
Pokiston AQSh Mudofaa vaziri Leon Panettaning so'nggi da'volarini inkor etmoqda. Vazirning shu hafta Kobulda aytishicha, Pokiston jangarilarga AQShning Afg'onistondagi harbiy kuchlariga qarshi xurujlar rejalashda o'z hududidan foydalanishga ruxsat bergan.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, Panettaning so'zlari murakkab masalalarga oddiy tushuntirish berishga harakatdir.

"Bu kabi da'volar noo'rin. Mintaqa tinchligi va barqarorligini yemirishga qaratilgan. Pokiston hech bir davlatga qarshi hujum qilishda o'z hududidan foydalanishga yoki terrorchilarga boshpana berishga ruxsat bermaydi", - deyiladi bayonotda.

Panetta so'zlariga ko'ra, jangarilar o'zini Pokistonda xavfsiz his etarkan, Afg'onistonda tinchlikni o'rnatish harakatlari foyda bermaydi.
XS
SM
MD
LG