Breaking News

Pokiston hukumati va Tolibon tinchlik muzokaralariga kirishdi


Pokiston poytaxti Islomobodda rasmiylar Tolibon harakati bilan uch soatlik muzokara o’tkazgan. Bu tinchlik va murosa tomon birinchi qadam, deya baholanyapti.

Tolibon delegatsiyasi rahbari Mavlono Sami ul-Haq muloqotdan so’ng jurnalislar bilan gaplashdi.

“Har ikki tomon tinchlik jarayoniga halaqit berayotgan qadamlardan o’zini tiyishi kerak”, - deydi u.

Pokiston toliblarining talabi shuki, harbiylar qabilaviy hududlarni tark etishi va bu hududlar shariat qonunlariga bo’ysunishi shart.

Islomobod esa muzokaralar davlat konstitutsiyasi doirasida o’tishini talab qilayapti.

“Tolibon konstitutsiyani tan olmaydi. Qur’on asos qilib olinsa, tinchlik haqida gaplashishda davom etamiz”, - deydi Tolibon delegatsiyasi a’zosi Mavlono Abdul Aziz.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG