Breaking News

Pokistonda terrorchilar dorga osilmoqda


Peshovardagi harbiy maktabga hujumda nevarasidan ayrilgan onaxon.
Peshovardagi harbiy maktabga hujumda nevarasidan ayrilgan onaxon.

Pokiston parlamentida terrorchilikda ayblangan odamlar ishini harbiy sudlarda ko'rishga ruxsat beruvchi konstitutsion tuzatish qabul qilindi.

Chora ikki yil amal qiladi. Quyi palata bir ovozdan hujjatni ma'qullagan, yuqori palata ham uni qo'llab-quvvatlasa, qonun shu haftayoq kuchga kiradi.

O'tgan oy Tolibon Peshovardagi bilim yurtiga hujum qilib, 150 o'quvchini o'ldirgach, hukumat jangarilarga qarshi shu tariqa chora ko'rishga qaror qildi.

Bosh vazir Navoz Sharif terrorchilikda aybdor mahkumlar uchun o'lim jazosini tikladi. So'nggi kunlarda bir nechtasi dorga osilgan, yana yuzlab mahkum qatlini kutmoqda.

Pokiston ekstremist va terrorchi kuchlar tahdidi bilan yuzlashmoqda, bunday sharoitda favqulodda chora ko'rishga majburmiz, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG