Breaking News

Pokiston AQSh bilan to'la yarashmaganini aytmoqda


Pokiston Mudofaa vazirligi amerikalik harbiy mutaxassislar Pokistonga qaytgani haqidagi xabarlarni inkor etmoqda.

O'tgan yil noyabrida AQSh havo hujumida pokistonlik 24 askar o'lgach, rasmiy Islomobod Afg'onistondagi xorijiy qo'shinlar uchun yuk o'tuvchi yo'llarni yopib, AQSh harbiy instruktorlarini haydagan edi.

Biroq kecha Reyter axborot agentligi 10 ga yaqini qaytgani haqida xabar tarqatgan. Bugun esa Mudofaa vazirligi rasmiylari xabar asossiz ekanini aytgan. So'nggi oylarda AQSh va Pokiston ta'minot yo'llarini ochish haqida muzokara qilmoqda.

Bu o'rtada Pokiston qabilaviy sudi al-Qoida asoschisi Osama bin Ladenni topishda AQSh maxsus kuchlariga yordam bergan shifokorni Amerikaga yordam bergani uchun emas, balki jangarilar bilan bir bo'lgani uchun 33 yilga qamaganini aytmoqda. Xususan, Shakil Afridi Lashkari Islom guruhiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Biroq jangari guruh bugun bayonot chiqarib, Afridining unga hech qanday aloqasi yo'qligini aytgan. Shifokor xiyonatkor va islom dushmani, imkon bo'lsa, uni o'zimiz jazolagan bo'lardik, deydi jangarilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG