Breaking News

Pokistonda hujumlar bois sholga qarshi emlash to’xtatildi


Poliomiyelitga qarshi kampaniya xodimasi, joriy hafta otib ketilgan Nasima Bibining oilasi motamda.
Poliomiyelitga qarshi kampaniya xodimasi, joriy hafta otib ketilgan Nasima Bibining oilasi motamda.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va UNICEF Pokistonda poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasini vaqtincha to’xtatdi.

Rasmiylar tibbiyot xodimlariga hujumlar va yetti mutaxassisning o’limini sabab qilib keltiradi.

Kechaning o’zida vaksinatsiya bilan shug’ullangan uch guruh o’qqa tutilgan edi.

Politsiyaning aytishicha, shimoldagi Charsadda shahrida ayol shifokor va uning haydovchisi otib o’ldirilgan.

Peshovar yaqinidagi hamlada bir odam yarador bo’lib, Novshera shahridagi hujumda hech kimga ziyon yetmagani ma’lum.

Bu xurujlar Pokistonda uch kunlik emlash kampaniyasi chog’ida sodir etilgan.

Voqeaga Tolibon aloqadormi, yo’qmi, aniq emas.

Jangarilar avvalroq vaksinalash ishlarini josuslik uchun bahona deya qoralab chiqqan edi.

Pokiston, Afg’oniston va Nigeriya poliomiyelit epidemiyasi xavfi hamon yuqori uch davlatdir.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG