Breaking News

Pokistonda toliblar 130 kishi, asosan, o'quvchilarni o'ldirgan


سازمان ملل متحد می گوید، سال گذشته در هر دقیقه ۳۴۰۰۰ نفر بیجاشده اند و در جمع این افراد ۴۰.۸ ملیون تن مربوط به کشور های جنگزده می باشند.
سازمان ملل متحد می گوید، سال گذشته در هر دقیقه ۳۴۰۰۰ نفر بیجاشده اند و در جمع این افراد ۴۰.۸ ملیون تن مربوط به کشور های جنگزده می باشند.

Pokiston shimoli-g'arbidagi Peshovar shahrida toliblar harbiy bilim yurtiga hujum qilib, 130 odamni, aksariyati talabalarni o'ldirgan. Harbiy forma kiygan olti nafar jangari hujumida 100 dan ziyod odam jarohat olgan. Kasalxonalarda odamlar navbatga turib, ularga qon bermoqda.

500 o'quvchi va o'qituvchini garovdan ozod etishga qaratilgan amaliyot paytida toliblarning barchasi yo'q qilingan.

Bosh vazir Navoz Sharif Peshovarga borib, hujumni qoraladi va bu kunni milliy fojea deb atadi va mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi.

Tolibon hujum Pokiston armiyasining jangarilarga qarshi amaliyotiga javob ekanini aytmoqda. Qabilalar yashovchi Haybar-Paxtunxva viloyatida qo'shni Afg'oniston bilan chegaradosh bo'lib, toliblar bu yerda panoh topgan, o'z tayyorgarlik lagerlariga ega.

AQSh Prezidenti Barak Obama ham xurujlarni qoralab, Qo'shma Shtatlar Pokistonga terrorga qarshi kurashda yordam berishda davom etadi, dedi.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati, pokistonlik faol o'smir Malala Yusufzoyning aytishicha, bunday voqealarga maktablarda o'rin yo'q.

"Bizni yenga olishmaydi", - dedi Tolibonga qarshi chiqishlari bilan yaxshi tanish faol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG