Breaking News

Qochqinlar lagerlarida 72 yil yashagan falastinlik


Umri qochqinlar lagerlarida o'tgan 110 yoshli falastinlik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

110 yoshli falastinlik Sulaymon Abu Nomus 1948-yildan buyon qochqinlar lagerlarida istiqomat qiladi. U tarixiy voqealarga guvoh bo’lgan: Usmoniylar hukmronligi, Britaniya mandati hamda arab davlatlari va Isroil o’rtasidagi 1948-yilgi urush.

Sulaymon Abu Nomus urush paytida uy-joyini tark etgan. O’shandan buyon mintaqadagi qochqinlar lagerlarida yashab kelmoqda.

“Ismim Sulaymon Salim Sulaymon Abu Nomus. Birshiba tumanidagi Batiha shahridanman. Yoshim 110 da. Turkiya va Britaniya urushini ko’rganman, o’shanda 12 yoshda edim”, - deydi u.

Bir necha yil chodirlarda yashagan Abu Nomus hozirda G’azo sektoridagi Jabaliya lagerida turadi. Usti yopiq uyni falastinlik qochqinlarga ko’mak ko’rsatuvchi BMT idorasi ta’minlab bergan.

Uy chodirdan yaxshiroq, deydi otaxon, lekin odam o’z uyida bo’lishi boshqacha.

“O’z uyingizda yashagandek his qilmaysiz. Bu yerda turganimiz vaqtincha. Bir kun kelib tark etamiz”, - deydi Abu Nomus.

Ko’plab falastinlik qochqinlar singari u ham asosiy ehtiyojlari uchun BMT yordamiga tayanadi. Ko’mak hajmi esa 2018-yildan beri kamayib bormoqda, chunki AQSh falastinlik qochqinlar bilan ishlaydigan agentlikni samarasiz deya baholab, pul bermay qo’ygan.

“Agentlik bizga oziq-ovqat bermay qo’yganidan g’azabdaman. Men va oilam yashashga qiynalamiz. Tibbiy markazda kerakli dori yo’q. Shifokorlar dorixonadan olib keling, deyishdi. Bunga pulim yo’q”, - deydi suhbatdosh.

Isroil va XAMAS jangari guruhi o’rtasidagi mojaro sabab G’azo sektorida qariyb besh million qochqin yillardan buyon qashshoqlik va ishsizlikdan qiynaladi. Ularni BMT o’z yordam dasturlari orqali zarur xizmatlar bilan ta’minlab kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG