Breaking News

Pandemiya davrida Rossiyada uysizlarga yordam berayotgan tashkilot


COVID-19 pandemiyasi, karantin va lokdaunlar dunyo bo’ylab ayniqsa uysizlarga og’ir keldi. Xususan, iqlimi murosa qilmaydigan Rossiyada.

Xalqaro hayot – 10-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:06 0:00

Sankt-Peterburg rasmiylariga ko’ra, shaharda 15 ming odam uysiz, biroq bundaylarga yordam beruvchi “Nochlejka” xayriya tashkiloti hisobicha, uysizlar bundan uch baravar ko’p.

“Karantin paytida bunday odamlarni izolyatsiya qilish mumkin bo’lmasligini tushundik. Birortasi koronavirusga uchrasa, boradigan joyi yo’q”, - deydi tashkilot muvofiqlashtiruvchisi Taisya Suvorova.

Uysizlarning ko’pida pasport yoki biror boshqa hujjatning yo’qligi muammoga muammo qo’shmoqda. “Nochlejka”ga o’xshagan guruhlar ularga oziq-ovqat, yotishga joy taklif etadi, biroq pandemiya va karantin bilan bog’liq cheklovlar bu ishni qiyinlashtirdi.

“Bizga taomlarni xayriya tariqasida uzatib turgan bir kafe oshpazining maoshini to’lashga to’g’ri keldi. Kafe mijozlar uchun yopiq, ammo qaramog’imizdagi odamlarga ovqat tayyorlashda davom etishi uchun ish bilan ta’minlayapmiz uni”, - deydi “Nochlejka” vakili Danil Aleksandrov.

Andrey ismli quruvchi Sankt-Peterburgga ish izlab kelganini, ammo aldanganini aytadi. Rossiyada uysizlar, asosan, giyohvand yoki piyanista degan tushuncha mavjud.

“Unday emas. Sement quyaman deb qattiq ishlaysanu, maoshingni berishmasa. Albatta shundan keyin umidsizlikdan ichishga majbur bo’lib qolasan”, - deydi u.

Ish topish imkoniyatlari usiz ham cheklangan uysizlar pandemiya paytida tirikchilik qilishga yanada qiynaldi.

"Mehnat birjalarida hech vaqo yo’q. Gazetadagi e’lonlarda ham ish yo’q”, - deydi Mixail ismli sankt-peterburglik.

Pandemiya davrida “Nochlejka” tashkilotiga ko’ngillilar yordam berdi, saxovatpesha odamlar xayriya qildi.

“30 yillik faoliyatimiz davomida uysizlarga bu qadar ko’p odam g’amxo’rlik qilmagan hali. Og’ir damlarda odamlar o’zlaridan ancha qiyin ahvolga tushib qolganlarni o’ylashi tabiiy bo’lsa kerak”, - deydi Aleksandrov.

Tashkilot endi uysizlarni koronavirusdan emlatishga harakat qilmoqd; vaqtincha boshpana berib, ularga huquqiy, ruhiy va ish topishda yordam bermoqda. Biroq hujjatsiz emlanish mumkin emas. Hujjatni olish esa uzoq va og’riqli jarayon.

Prezident Putinning aytishicha, mamlakatda shu kunga qadar 21,5 million odam koronavirusdan emlangan. Bu har 7 odamdan biridir. O’tgan bir kunda salkam 8500 odam virus yuqtirgan, bir sutkada 321 kishi o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG