Breaking News

Pandemiya va "infodemiya"ga qarshi kurash


AQSh kelasi bir yil ichida 92 mamlakatga koronavirusdan 500 million doza vaksina yuborishni va’da qildi. Amerikalik tahlilchilar nazarida, Rossiya o’zining “Sputnik V” vaksinasini qattiq reklama qilarkan, G’arbda ishlangan vaksinalarga ishonchni kamaytirishga urinmoqda.

Xalqaro hayot – 11-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:10 0:00

Germaniyaning “Biontek” va AQShning “Pfayzer” kompaniyalari yaratgan vaksina 2020-yil dekabrida AQShda litsenziya oldi, biroq Rossiya matbuotida va ijtimoiy sahifalarida bu vaksina ishonchsiz va hatto xavfli deya targ’ib etildi, undan odamlar o’layotgani, “Moderna” vaksinasi qon quyqasining hosil bo’lishiga sabab bo’layotgani da’vo qilindi.

“Biz “infodemiya” deb atayotgan narsa pandemiya kabi katta muammodir. “Infodemiya” dunyo bo’ylab virusdan ko’ra tezroq tarqaladi”, - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti so’zlovchisi Margaret Harris vaksinalar haqidagi soxta xabarlarga ishora qilarkan.

Yevropalik kuzatuvchilar dezinformatsiya kampaniyasida Xitoyni ham ayblamoqda. Ularga ko’ra, Kreml nazoratidagi matbuot va Xitoy Yevropa va AQSh vaksinalariga ishonchni yemirishga harakat qilmoqda.

AQSh rasmiylari soxta xabarlarga qarshi kurashayotganini aytadi.

“Ko’plab hamkorlar, xususan hukumatlar va fuqarolik jamiyatlari bilan bu borada hamkorlik qilyapmiz. Global pandemiya sharoitida odamlarni emlash o’ta muhimligini anglagan holda haqiqatga chanqoqlikni ko’rsa bo’ladi. Ko’plab tashkilotlar ularni haqqoniy ma’lumot bilan ta’minlashga bel bog’lagan”, - deydi AQSh Davlat departamenti rasmiysi Daniel Kimmij.

Unga ko’ra, dezinformatsiya kampaniyasi natijasida pandemiyaga qarshi kurash qiyinlashmoqda.

Vaksinalarga shubhalarni kuchaytirish orqali, deydi kuzatuvchilar, Rossiya o’z fuqarolari orasida mahalliy “Sputnik V” vaksinasiga ham ishonchsizlikni kuchaytirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG