Breaking News

General: Afg'oniston, AQSh "Islomiy davlat"ni yer tishlatadi


Jon Nikolson, AQShning Afg'onistondagi qo'mondoni
Jon Nikolson, AQShning Afg'onistondagi qo'mondoni

"Islomiy davlat"ni yer tishlatmay iloj yo'q, deydi AQShning Afg'onistondagi qo'mondoni, general Jon Nikolson.

"Bu yil asosiy maqsadimiz bu to'daning biror viloyatda ildiz otishiga yo'l qo'ymaslik", - deydi general.

Ayniqsa Nangarhor viloyatida bunga urinishlar jadal ekani ma'lum.

General: Afg'oniston "Islomiy davlat"ni yengadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

"Islomiy davlat"ning Xuroson bo'limi Afg'oniston va Pokistonda ikki yarim yildan oshibdiki, o'z safini kengaytirishga urinmoqda. Nangarhorda bir necha qo'rg'onga ega, deydi harbiylar. Maqsadi afg'on zaminida xalifalik o'rnatish.

"Jalolobod bu xalifalikning markazi bo'ladi deb orzu qilishadi, lekin bu maqsadiga erisha olmaydi", - deydi general Nikolson.

Prezident Donald Tramp deydiki, Oq uy ma'qullagan yangi strategiya Afg'onistonda terrorist va ekstremistlarni tag-tugi bilan yo'q qilishni ko'zlaydi. Buning uchun bu davlat rahbariyati va armiyasi bilan yaqindan ishlash lozim, deydi Tramp.

“Terrorchilarni tumanma-tuman nishonga olayapmiz va ta'sirini pasaytirayapmiz. Jangarilarning uchdan ikki qismini o'ldirdik", - deydi Nikolson.

Nangarhordan quvilgan jangarilar Kunor va Nuriston viloyatlarida qanot yozish umidida, shuningdek, Juzjon va Saripul viloyatlarida ham faollashgan.

AQSh kuchlari ularga bosimni oshirmoqda, deydi qo'mondon. Qo'shma maxsus operatsiyalar davom etmoqda.

“Siyosat va strategiya aniq. Afg'oniston bu terroristlar faol ekani tinch yashay olmaydi. Shu bois ularni birma-bir yo'q qilishga bel bog'laganmiz", - deydi Kobul diplomati Ahmad Shoh Katavazoy.

"Afg'on askarlar amerikalik zobitlar bilan yelkama-yelka kurashda", - deydi u.

O'tgan oy "Islomiy davlat"ning ko'zga ko'ringan lideri Abu Sayid havo hujumlarida o'ldirilgan.

Lekin jangarilari bir necha qishloqlarni talagan, odamlarni azoblagan, xotin-qizlarni o'g'irlab ketgan.

O'tgan hafta ular Kobulda bir masjidga hujum qilib, 28 namozxonni o'ldirgan, 50 dan oshiq odamni jarohatlagan.

General Nikolson:

“Afg'onistonning qo'shnilari Kobuldagi markaziy hukumatni va bizning xatti-harakatlarimizni quvvatlaydi degan umiddamiz. "Islomiy davlat" - umumiy dushman ekan, hamkorlikda ishlashimiz lozim".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG