Breaking News

Pashinyan arman xalqini birdamlikka chaqirmoqda


Armanistonda bo’lib o’tgan muddatidan erta saylovlar ketidan hokimiyatda qolgan Bosh vazir Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan urushdan so’ng bo’linib qolgan xalqni birdamlikka chaqiryapti.

Xalqaro hayot – 23-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

Xalqaro kuzatuvchilar saylov erkin va halol o’tganini tan olgan holda siyosiy taranglik va qattiq bo’linish ko’zga tashlanganini ta’kidlaydi.

"Armaniston Respublikasidagi erta saylovlar raqobat ruhida o’tdi, qisqa muddatda yaxshi tashkil etildi. Biroq asosiy raqiblarning jamiyatni bo’lib qo’yuvchi qattiq chiqishlari bilan ajralib turdi”, - deydi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi rahbari Kari Xenriksen.

Saylov kampaniyasi paytida shaxsiyatga hujumlar va haqoratlar yangragan, deydi kuzatuvchilar. Bunga o’tgan yili Tog’li Qorabog’dagi urushda Armaniston kuchlarining Ozarbayjonga mag’lub bo’lgani va hududlarni boy bergani sabab bo’ldi.

Sulh kelishuvi shartlarini Rossiyaning tinchlikparvar qo’shinlari nazorat etmoqda. Biroq chegarada vaziyat qaltis, deydi tahlilchilar.

“Vaziyat istalgan payt portlashi mumkin. Abxaziya-Gruziya chegarasida ham ahvol shunday, chegara belgilanmagan”, - deydi Moskvadagi Kavkaz instituti direktori Aleksandr Iskandaryan.

Urushdagi mag’lubiyatga qaramay, Pashinyan kutilmaganda saylovda g’olib bo’ldi. Mamlakat jiddiy iqtisodiy va institutsional muammolarga yuz tutmoqda.

“Davlat boshqaruvidagi ko’plab kamchiliklar va muammolarni hal qilish uchun yolg’iz saylovda g’alaba qozonish kamlik qiladi. Demokratiya institutsional muvozanat va nazoratni talab qiladi”, - deydi siyosatshunos Richard Giragosyan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG