Kongressning har ikki palatasi Pentagon byudjetini allaqachon tasdiqladi.
Mudofaa xarajatlari uchun 585 milliard dollar ajratiladi.
Amerikada moliyaviy yil 1 oktabrdan boshlanadi, bu degani yangi yil sarfiyati ikki oydan beri amalda.
"Islomiy davlat" ga qarshi kurash, Suriyadagi mo'tadil kuchlarni quvvatlash, kurd hamkorlarga yordam berish - bu maqsadlarda ajratilayotgan moliya ikki yilni o'z ichiga oladi.
Qurolli kuchlarning maoshini oshirish, yangi harbiy vositalar va ilg'or texnologiya sotib olish ham ko'zda tutilgan.
Hujjatning nozik bir jihati shuki, unda Kongress prezidentdan Kubadagi Guantanamo harbiy bazasidagi qamoqxonani yopmaslikni talab qiladi. Oq uy mahbuslarni Amerikadagi hibsxonalarga ko'chirib, u turmani yo'q qilishni istaydi. Biroq qonunchilar, xususan respublikachilar, bunga qarshi.