AQSh Mudofaa vazirligi hisobotiga ko'ra, Xitoy harbiy salohiyatining kuchayishi mintaqada kuchlar muvozanatini buzishi mumkin.
So'nggi bir yilda, deyiladi hujjatda, Xitoy radarga ko'rinmas qiruvchi samolyotlar va samolyotlar tashuvchi ilk kemasini yaratish ustida ish boshlagan.
"Kelasi 10 yilda Xitoy jiddiy harbiy kuchga aylanadi", - deydi Pentagon rasmiysi Maykl Shiffer.
Xitoy matbuoti AQSh Mudofaa vazirligi hisobotini tanqid qilib, uni safsata, asossiz va xayoliy axborotga to'la hujjat deb atagan.
"Qo'shma Shtatlarning harbiy xarajatlari Xitoynikidan ancha ko'p" deyiladi Shinxua axborot agentligi xabarida.