Breaking News

Amerika Ukrainaga noharbiy yordam, Polshaga jangovar samolyot beradi


Qo’shma Shtatlar Ukrainani noharbiy yordam bilan ta’minlaydi. Vashington shu bilan Kiyevni quvvatlamoqda, lekin qurol jo’natishni lozim topmayapti.

Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, hozir NATO uchun hal qiluvchi damlar. Ayniqsa, Rossiyaga xayrixoh kuchlar Ukraina sharqining tinchini buzayotgan bir paytda.

“O’tgan ikki oyda Rossiya mustaqil davlat suvereniteti va yaxlitligini toptab qolmay, o’ta mas’uliyatsiz ekanini namoyish etdi”, - deydi u.

Pentagonda Polsha mudofaa vaziri Tomas Simonyak bilan ko’rishgan Xeyglning aytishicha, Rossiya agressiyasi AQShni NATOni kuchaytirishga uzil-kesil ishontirdi. Qo’shma Shtatlar alyansning mudofaasini pishiqlashga kirishib ketdi, deydi Pentagon rahbari. Markaziy va sharqiy Yevropadagi ittifoqchilar himoyasiga sodiqmiz, deydi u. Biroq…

“Maqsad Rossiyaning asabiga tegish yoki qo’rqitish emas. Balki NATOga a’zo davlatlar mudofaasini ta’minlash”, - deydi Xeygl.

Hozirning o’zida Amerika Polshaga 12 dona F-16 rusumli qo’shimcha qiruvchi samolyoti jo’natdi. Bu samolyotlar yil oxirigacha ittifoqchi mamlakat himoyasiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, deydi Xeygl, AQSh Ukrainaga ko’proq noharbiy madad uzatadi. Dori-darmon, kaska, ko’rpa-to’shak va ichimlik suvini tozalovchi jihozlar shular jumlasidan. Qurol-aslaha haqida iltimosga qaramay, Obama ma’muriyati shu paytgacha Ukrainaga faqat pul berib turidi. Rossiyani esa diplomatiyaga undab kelayapti.

Shimoliy Atlantika alyansi esa bu orada mintaqaga chuqurroq o’rnashib borayapti. Shu hafta Qora dengizga minalarni ovlovchi kemalarni safarbar etishini ma’lum qildi.

Polsha, NATO a’zosi, Rossiyadan hayiqar ekan, Amerika bilan o’z armiyasini isloh qilish haqida gaplashmoqda.
Polsha Mudofaa vaziri Tomaz Simonyak (o'ngda) G’arb bilan yaqin bo’lishni xohlaymiz, deydi. NATO va Qo’shma Shtatlar bilan hamkorlik Polsha mudofaasini kafolatlashning eng samarali yo’li, deydi u.
Polsha Mudofaa vaziri Tomaz Simonyak (o'ngda) G’arb bilan yaqin bo’lishni xohlaymiz, deydi. NATO va Qo’shma Shtatlar bilan hamkorlik Polsha mudofaasini kafolatlashning eng samarali yo’li, deydi u.

Polsha Mudofaa vaziri Tomaz Simonyak G’arb bilan yaqin bo’lishni xohlaymiz, deydi. NATO va Qo’shma Shtatlar bilan hamkorlik Polsha mudofaasini kafolatlashning eng samarali yo’li, deydi u.

Pentagon rahbari Chak Xeygl Rossiya bilan ziddiyat muzokara orqali hal bo’lishidan umidvor. Lekin Kreml o’tmishdagi sovet manzillar va ta’sirini tiklashga urinayotgan bo’lishi ehtimoldan xoli emas, deydi u. Har qanday ssenariyga tayyor turish kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG