Breaking News

Satira - AQSh siyosatining ajralmas qismi


Members of Kurdish Peshmerga Special Forces demonstrate their skills during their graduation ceremony at a military camp in Soran district, in Erbil province, Iraq.
Members of Kurdish Peshmerga Special Forces demonstrate their skills during their graduation ceremony at a military camp in Soran district, in Erbil province, Iraq.

Donald Tramp prezidentlikka kelganidan beri siyosiy satiriklar faollashdi. Matt Vurker “Politico” veb-sahifasida karikaturachi bo’lib ishlaydi. Uning aytishicha, hech kim satiradan xoli bo’la olmaydi.

"Men 1960-1970-yillarda Los-Anjelesda katta bo’lganman. O’shanda “Los-Anjeles Tayms” gazetasida Pol Konrad degan mashhur karikaturachi bo’lardi. Men undan ko’p narsalarni o’rganganman. U uchta Pulitser sovriniga sazovor bo’lishdan tashqari Prezident Richard Niksonning dushmani bo’lgani bilan ham tanilgan. 1960-yillarda siyosiy notinch bir vaziyatda men kabi bir maktab o’quvchisi Konradning siyosiy karikaturalaridan zavqlanardim”, - deya eslaydi Vurker.

Yillar o’tib Vurkerning o’zi ham Pulitser mukofotini qo’lga kiritdi. Uning usulini hajviy, keskin, biroq sokin deb tasvirlasa bo’ladi.

“Karikatura avval xayolda paydo bo’ladi. Husni Muborak hokimiyatdan olinganida xayolimga sfinks keldi. Ikkisini bir-biriga qanday bog’lasam ekan deb, Sem Amakini Muborak qiyofasidagi sfinksning ustiga o’tqazib qo’yishga qaror qildim. Axir AQShning Misr bilan aloqalarini ham shunday tasvirlasa bo’lardi! Eng so’nggida matn ustida ishlayman”, - deydi Vurker.

O’tgan yilgi prezident saylovi kechasida karikaturachilar sarosimaga tushdi, deydi u.

"Boshqa tahririyatlarda nima bo’lganini bilmaymanu, ammo “Politico”dagilarning hammasi shokda edi. Dunyodagi eng aqlli jurnalistlar natija qanday bo’lishini bilamiz deb ishongan edik. Syurpriz bo’ldi, katta syurpriz. O’sha tarixiy kuni ayol kishi prezidentlikka saylansa, nima qilar ekanman deb, ungacha rosa o’ylanib yurgandim. Xayolimga hatto ringga tushgan Tramp va uning tepasida turgan Xillari tasvirlangan karikaturani keltirdim. Eskizini hatto qog’ozga tushirdim. So’ng oqshom 8 yarim-to’qqizlarda boshqa bir g’oya kallamga kelib qoldi. Yangidan chizib chiqdim. Biroq Tramp g’olib bo’ldiyu, karikatura ham o’zgardi – o’simlik yeydigan maxluq qiyofasidagi Tramp Vashington uzra “Xayrli tong” degan tasvirni yaratishga to’g’ri keldi”, - deydi Vurker.

Bundan keyingi har bir tong qanday bo’lishidan qat’i nazar Vurker qo’lga qalam olib, ijod qilishda davom etadi.

"Ko’plab amerikalik siyosatchilar siyosiy hajviya siyosatning bir qismi ekanini yaxshi tushunadi, uni to’g’ri qabul qiladi, ba’zilari hatto boshqalarga qo’shilib o’z ustidan kuladi. Donald Tramp bunday siyosatchi emas. Qani endi u barcha siyosiy karikaturachilarni Oq uyga taklif qilib, biz bilan muloqot qilsa, uni chizishimizga imkon bersa, o’z ustidan kula olishini ko’rsatsa! Ammo bunga hech guvoh bo’lganimiz yo’q”, - deydi u.

Vurker Prezident Jimmi Karter davridan beri siyosiy karikatura bilan shug’ullanadi. Siyosat uning butun hayotini shunchalik qamrab olganki, eng yaxshi g’oyalarni tushimda ko’raman, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG