Breaking News

Pompeo G'arbiy Sohilda yahudiy posyolkalariga borgan ilk davlat kotibi bo'ldi


Pompeo Isroil Suriyadan tortib olgan G'o'lan Tepaliklarini ko'zdan kechirmoqda
Pompeo Isroil Suriyadan tortib olgan G'o'lan Tepaliklarini ko'zdan kechirmoqda

Mayk Pompeo Yaqin Sharqqa safari chog’ida Isroil istilosidagi G’arbiy Sohilda yahudiylar yashovchi aholi punktlarini borib ko’rgan ilk AQSh davlat kotibi bo’ldi. Pompeo G’o’lan Tepaliklarini ham ko’zdan kechirdi. Isroil tepaliklarni 1967-yilgi urushda Suriyadan tortib olgan. AQSh Prezidenti Donald Tramp uni Isroil hududi sifatida tan oldi.

Xalqaro hayot - 20-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:22 0:00

Pompeoning aytishicha, Trampning bu qarori voqelikni aks ettiradi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu buning uchun Trampga minnatdorchilik bildirdi.

“Prezident Tramp tufayli AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olib, elchixonasini u yerga ko’chirdi, Isroilning G’o’lan Tepaliklari ustidan nazoratini ham tan oldi”, - dedi u.

Falastinliklar Pompeoning tashrifiga qarshi namoyish qilib, bunday harakatlar xavfli oqibatlarga olib kelishini aytdi.

“Isroilning G’arbiy Sohildagi yuz yoki undan ko’p aholi punktlari noqonuniy bo’lib, u yerga kim borishidan qat’i nazar ular noqonuniyligicha qoladi”, - deydi falastinlik-amerikalik tadbirkor Sem Bahur.

Yahudiy posyolkalarini Isroil-Falastin tinchlik muloqoti yo’lida to’siq deb biluvchi ayrim tahlilchilar ham tashvish bildirmoqda. Tinchlik bitimisiz esa Falastin o’z davlatiga ega bo’lolmaydi.

“Isroil G’arbiy Sohilning katta qismini biror kompensatsiya yoki hududiy murosasiz yohud tinchlik yo’lidagi biror jiddiy qadamsiz doimiy ravishda egallab turishi meni xavotirga solmoqda”, - deydi Vashingtondagi Brukings instituti tahlil markazidan Maykl Oxanlon.

Hafta boshida Falastin Muxtoriyati Isroil bilan hamkorlikni jonlantirishi haqida ma’lum qildi. Jo Bayden Oq uyga kirishi ketidan falastinliklar tinchlik jarayonini yangidan boshlashga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG