Breaking News

Yangi AQSh davlat kotibi xodimlari bilan tanishdi


Davlat departamentida xodimlar bilan tanishuv
Davlat departamentida xodimlar bilan tanishuv

Davlat kotibi lavozimiga Prezident Tramp tomonidan tayinlanib, Senat tasdig’idan o’tgan Mayk Pompeo Davlat departamentining yuzlab xodimlari bilan uchrashib, Amerika diplomatiyasini kuchaytirishga, tashqi siyosatni yuritishda vazirlik nufuzini oshirishga so’z berdi.

Xalqaro hayot - 3-may, 2018-yil - Yangi AQSh davlat kotibi xodimlari bilan tanishdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Donald Tramp prezidentlikka saylanishi ketidan Davlat departamenti byudjetini qisqartirish haqidagi gaplar xodimlar ruhiyatini tushirib yuborgan edi. Vazirlikda ba’zi muhim lavozimlar hamon bo’sh turibdi, ayrim mamlakatlarga yangi elchilar tayinlanmagan.

Sobiq davlat kotibi Reks Tillerson Tramp bilan ishlolmay iste’fo berishga majbur bo’lgan. Pompeo sobiq kongressmen, Markaziy razvedka boshqarmasiga qisqa vaqt rahbarlik qildi, Trampning ishongan odamlaridan.

Pompeoni xodimlarga tanishtirgan davlat kotibi o’rinbosari Jon Sullivanning aytishicha, yangi bosh kotib boy tajribaga ega.

“Pompeo tank bo’linmasiga qo’mondon bo’lgan, Garvard universitetida huquqshunoslikni o’rgangan”, - dedi Sullivan.

Unga ko’ra, yangi vazir AQSh dushmanlariga murosasiz raqib bo’ladi. Pompeo davlat kotibi lavozimiga tasdiqlanishi ketidan Yevropa va Yaqin Sharqqa borib keldi.

“Idoramda imkon qadar kamroq vaqt o’tkazishga harakat qilaman”, - dedi u.

Pompeo ko’p dunyo kezib, xalqaro muammolarni hal qilishga, diplomatlar ishini osonlashtirishga zo’r berishini aytdi.

“Amerika diplomatlari mamlakat manfaatlarini olg’a surish uchun dunyoning har burchagida, har chekkasida ishlashi kerak va men ularga bu ishda yordam beraman”, - dedi Pompeo.

Yangi davlat kotibi xodimlar bilan uchrashuv paytida ko’p hazil qildi, ular bilan suratga tushdi. Sobiq davlat kotibi Reks Tillerson kamera nigohlaridan chetda turishni afzal ko’rardi.

Ekspert Nil Gardinerning aytishicha, Pompeo kuchli davlat kotibi bo’ladi.

“Ishlari natijasini hali ancha joylarda ko’ramiz, deb o’ylayman. Prezident unga ishonadi”, - deydi “Xeritij jamg’armasi” tahlil markazi mutaxassisi.

Yana bir tahlilchi Tomas Xill Pompeo ko’p ishlarni uddalashiga ishonadi.

“Pompeo Davlat departamenti nufuzini tiklabgina qolmay, vazirlikni zamonaviylashtirishi, boshqa vazirliklar bilan resurslar uchun qattiq kurasha olishi kerak. Shuningdek, Eron, Shimoliy Koreya, Rossiya va boshqa masalalar bilan faol shug’ullanishi zarur”, - deydi Brukings instituti eksperti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG