Breaking News

Mayk Pompeo - Trampning ishonchli odami


Mayk Pompeo
Mayk Pompeo

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo Prezident Donald Trampning Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan tarixiy uchrashuvini tashkillashtirish ishlari bilan shug’ullanmoqda. Kuni kecha Pompeo Pxenyandan qaytdi.

Trampning aytishicha, u Kim Chen Un bilan xufyona uchrashib, bo’lajak muzokaralar xususida gaplashgan. Aynan Pompeoning Shimoliy Koreyaga safar qilgani Trampning unga bo’lgan ishonchidan dalolat. Shu ishonch tufayli AQSh rahbari bosh razvedkachini bosh diplomatlikka tayinladi.

Agar Senat Pompeo nomzodini tasdiqlasa, u Davlat departamentiga ishga o’tadi.

“O’ylaymanki, Mayk Pompeo eng yaxshi davlat kotiblaridan biri bo’ladi”, - dedi Tramp.

Pompeoga Senatda savollar bergan qonunchilar uning Pxenyanga maxfiy safari va Kim Chen Un bilan uchrashuvidan bexabar qolganini aytadi.

“Ayrim odamlar davlat kotibi lavozimidan siyosiy o’yinlar uchun foydalanadi. Pompeo esa Amerikani yadro qurollari bilan qo’rqitayotgan diktator bilan AQSh tarixidagi eng muhim muzokaralardan birini uyushtirish masalasida jiddiy shug’ullanmoqda”, - deydi respublikachi senator Kori Gardner.

“Uchrashuvdan ko’p narsani kutmaslik kerak, biroq muloqotning bo’lgani yaxshi”, - deydi demokrat senator Tim Keyn.

“Shimoliy Koreya bilan muloqotni yo’lga qo’yish ustida ishlayotgan professionallarimiz borligidan Senatdagi ko’pchilik qonunchilar xursand bo’lishi kerak”, - deydi respublikachi Bob Korker.

Ekspertlarning aytishicha, Pompeoning Trampga yaqinligi uning ishi samarasini oshirmoqda.

“Sobiq davlat kotibi Reks Tillersondan farqli o’laroq, prezident Pompeoga ishonadi”, - deydi britaniyalik tahlilchi Malkolm Chalmers.

Senatorlarning turli-tuman murakkab savollariga qaramay, Pompeoning davlat kotibi lavozimiga nomzodi kelasi hafta tasdiqlanishi kutilmoqda. Pompeo hali rasman bosh diplomat bo’lmagan bo’lsa-da, katta diplomatik jarayonga hozirdan kirishib ketdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG