Breaking News

Poroshenko isyonchilar og'ir qurollarni chiqarganini tan oldi


Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko mamlakat sharqidagi isyonchilar front chizig'idan og'ir qurollarini olib chiqqanini tan olib, Ukraina ham qurollarining katta qismini chiqarganini aytdi.

Unga ko'ra, harbiy to'qnashuvlar ancha susaygan. 15-fevralda Minskda sulh imzolanganidan beri ukrainalik 64 harbiy nobud bo'lgan.

Kecha AQSh Prezidenti Barak Obama Oq uyda Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Tusk bilan uchrashib, isyonchilarga yordam berayotgani aytilayotgan Rossiyaga nisbatan bosimni oshirish xususida gaplashgan.

Tuskning bildirishicha, Yevropa davlatlarining sanksiyalarni kuchaytirish masalasida pozitsiyasi bo'lingan.

Obama Germaniya kansleri Angela Merkel bilan ham uchrashib, Ukrainaga qurol yetkazish xususida gaplashgan. Tomonlarning xulosa qilishicha, hozircha bunday qilishga erta.

Obamaning xavotir olishicha, Ukraina armiyasiga yetkazilgan qurollar jang paytida isyonchilar qo'liga tushishi mumkin.

Bu o'rtada Pentagon Latviyaga 750 ta tank, jangovar transport va boshqa turdagi qurollar jo'natmoqchi. Kelasi hafta amerikalik uch ming askar mintaqaga safarbar etiladi.

Pentagonga ko'ra, AQSh Rossiyaning ehtimoliy bosqinidan tashvish bildirayotgan NATOdagi ittifoqchilarini yupatmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG