Breaking News

Poroshenko AQSh Kongressiga: Ukraina harbiy madadingizga muhtoj


Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Kongressda so'zlamoqda, Vashington, 18-sentabr, 2014-yil
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Kongressda so'zlamoqda, Vashington, 18-sentabr, 2014-yil

Ukraina rahbari bugun Vashingtonda. U Oq uyda Prezident Barak Obama bilan ko’rishmoqda. Ungacha esa Petro Poroshenko Kongressning har ikki palatasi oldida so’zladi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Poroshenko AQShdan Ukraina armiyasi uchun qurol va harbiy anjomlar so’rashi mumkin. Bu Kiyevga va’da qilingan 70 million dollardan tashqari.

Ukraina rahbarining Kongressdagi chiqishida aynan shunday bo'ldi. Poroshenko armiyani kuchaytirish, zamonaviylashtirish kerakligi haqida gapirdi.

"Bizga qurol va harbiy anjomlar kerak", - dedi u.

Poroshenko Ukrainaga AQSh bilan harbiy aloqalarda maxsus maqom berilishini so'radi.

Uning nazarida sharqda isyonchilarga qarshi jang qilayotgan harbiylar ozodlik, demokratiya, qonun ustuvorligi uchun kurashmoqda.

Poroshenko Obama ma'muriyatini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga da'vat etdi.

"Rossiyaning bosqini bugun global xavfsizlikka tahdid", - dedi u.

Poroshenko Ukraina Qrimdan voz kechmasligini ham ta'kidlab o'tdi.

Obama ma’muriyati Ukraina hukumatiga hozircha qurol uzatmayapti, ammo ukrainalik rasmiylarga ko’ra, NATOning bir necha kun oldin Uelsda o’tgan sammitida G’arb davlatlari Kiyevga qurol va’da qilgan.

Bu o’rtada inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Qo’shma Shtatlardan Ukraina hukumatini sharqiy viloyatlarda aholini o’qqa tutishni bas qilishga chaqirishni so’ragan.

Guruh Ukraina qurolli kuchlarini oddiy fuqarolarni o’ldirayotganlikda, mulklarini vayron qilayotganlikda ayblamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG