Breaking News

Demokratlar federal posbonlar Portlendda namoyishchilarni hibsga olganini qoralayapti


AQSh Kongressidagi demokrat qonunchilar Tramp ma’muriyatini o’tgan hafta Portlend shahridagi namoyish paytida tinch namoyishchilarni hibsga olishni buyurgani uchun tanqid qilmoqda.

Xalqaro hayot – 21-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:00 0:00

Prezident Donald Tramp tartibni o’rnatish uchun federal huquq-tartibot idoralarini ishga solish qarorini himoya qilarkan, ayrim shaharlarda hokimiyat namoyishlarni boshqara olmayotganini aytadi.

“Federal posbonlar sonini ko’paytiramiz. Portlendda ular ishini a’lo darajada uddaladi”, - dedi Tramp.

Biroq mahalliy rasmiylar federal hukumat yordamiga muhtoj emasligini bildirmoqda.

“Sizni bu yerga chaqirganimiz yo’q”, - dedi Portlend meri Ted Viler.

Shtat gubernatoriga ko’ra, federal posbonlar aralashuvi natijasida tinch namoyishlar tartibsizliklarga aylandi.

“Olovga benzin quyish bilan teng bo’ldi”, - dedi Keyt Braun.

Yakshanba kungi namoyish paytida bir guruh ayollar namoyishchilarni federal taktik bo’linmalardan himoya qilish uchun jonli qalqon hosil qildi.

Demokratlardan musulmon kongressmen ayol Rashida Tolibning “Twitter” da yozishicha, agar Tramp uning ona shahri Detroytga federal qo’shinlarni yuborsa, qonunchi shaxsan shahar himoyasiga turadi.

Taranglikni yumshatish maqsadida Portlenddagi diniy faollar tinchlik marshini o’tkazmoqchi. Oregon shtati bir necha federal boshqarmani shtat hududida AQSh fuqarolarini noqonuniy hibsga olishda ayblab sudga berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG