AQSh poyxatidan oqib o’tadigan Potomak daryosi bu yili maxsus ro’yxatdan joy oldi. Atrof-muhit himoyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga ko’ra, daryo suvi ifloslanib bormoqda.
Vashingtondagi obidalarni kezar ekansiz, Potomak daryosiga albatta ko’zingiz tushadi. Uning bo’yi ko’pchilik uchun sevimli dam olish maskani. Shuningdek, besh million aholi uchun obi-hayot.
Potomak Vashingtonga yetguncha to’rt shtatdagi ferma va yaylovlardan oqib o’tib, Chasepik bo’g’oziga quyiladi. So’nggi paytda juda ifloslanib ketdi, deydi Bob Irvin, “Amerika daryolari” nomli ekologik tashkilot prezidenti.
“Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kimyoviy dori va o’g’itlar, chiqindi oqimga qo’shilib ketyapti. Vashingtonda ham shu ahvol. Qattiq yomg’ir paytida oqova suvlar, axlat, hammasi bir bo’lib daryoga oqib tushadi”.
Merilend Universitetida ekologik tadqiqotlar markazi direktori Don Bash vaziyatni xavotir bilan kuzatib keladi. Ekosistemasini barbod qilayotgan o’lik zonalar paydo bo’layapti, deydi u.
“Quyosh nuri suv tubiga yetib bormayapti. Kislorod darajasi past”.
Potomak daryosini toza saqlashga ko’proq e’tibor zarur, deydi olim.
“Bu o’zgarishlar tabiiy muhitning bir qismi. Ammo daryoning haddan ziyod ifloslanishi eko-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda”.
Potomak sohilida, ko’mirda ishlaydigan zavod yaqinda yopilishi kerak. Lekin ayni paytda zaharli moddalarni to’kishda davom etayapti, deydi Vit Overstrit, ekologiya tozaligi uchun kurashayotgan faollardan biri.
“Ishlab chiqarishda qo’llangan qaynoq suvni to’kishadi. Dengiz jonivorlari buning jabrini tortayapti”, - deydi u.
Daryoda genetik o’zgarishlar ro’y berayotgani ham qayd etilgan. Masalan, ikki jinsli baliqlarni uchratish mumkin. Shunday bo’lsada, hozir vaziyat ilgaridan ancha yaxshi, deydi baliqchilar.
“Amerika daryolari” tashkilotining bildirishicha, Potomak va boshqa daryolar muhofazasi 1972-yilgi qonun bilan chambarchas bog’liq.
“Qishloq xo’jaligi va sanoatga asoslangan shtatlardan saylangan kongressmenlar qonunni susaytirishga harakat qilmoqda. Hukumat nazoratni pasaytirib, kimyoviy dorilarni qo’llashga doir cheklovlarni bekor qilsin degan talablar yangramoqda”, - deydi tashkilot rahbari Bob Irvin.
Faollar va tabiatparvarlar nazarida biznes manfaatlar ekologiyadan ustun bo’lmasligi kerak.