Barak Obama prezidentlik uchun kurashni Chikagodan boshlagan edi. Sakkiz yillik rahbarlik davrini u bugun shu shahardan turib sarhisob qildi. Davlat rahbari sifatida Amerika xalqi bilan xayrlashar ekan, u yurtdoshlarini umidni boy bermaslikka, adolat va farovonlik uchun kurashni davom ettirishga undadi.