Fransiyada joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti O’zbekistonda so’z erkinligining asosiy dushmani sifatida prezident Islom Karimovni ko’rsatmoqda. Qarorgohi AQShda joylashgan “Freedom House”, ya’ni “Ozodlik Uyi” esa O’zbekistonni so’z erkinligi bo’yicha “yomonlarning yomoni” ro’yxatiga kiritgan. Lekin rasmiy Toshkent ushbu tashkilotlar hisobotlarini tan olmaydi.
O’zbekiston matbuot erkinligini bo’g’ish bo’yicha dunyodagi vaziyat eng og’ir davlatlardan biri bo’lishiga qaramasdan, har yili 3-may matbuot erkinligi kunini tantana bilan o’tkazadi. Bu shodiyonalar hukumat siyosatini yoritishda faollik ko’rsatgan jurnalistlarni taqdirlash tadbiri sifatida ma’lum. Mamlakat jurnalistlari uchun salmoqli moddiy yordam sanalgan “Oltin qalam” mukofoti jurnalistlar uchun qanday pozitsiyada yozish kerakligini ko’rsatuvchi andoza sifatida ham baholanadi.
O’zbekistonlik mustaqil jurnalist Bahodir Eliboyev buning sababini hukumat bosimi bilan izohlaydi.
“Oltin qalam”ni mahalliy jurnalistlarga xos sekinlik va istihola bilan yozib, sixni ham, kabobni ham kuydirmaydigan jurnalistlarga berishadi, ularni qo’shimcha rag’batlantirish, taqdirlash uchun. Lekin so’z erkinligi yoki inson huquqlari masalasida, bu haqda Prezident qancha gapirmasin, biron o’zgarish yo’q, kutilmaydi ham. Bularning hammasini kuch ishlatar idoralar qattiq nazorat qilib turishadi”, - deydi Eliboyev.
O’zbekistonda matbuot erkinligi kuni tantanalari 10 dan ziyod jurnalist qamoqda qolayotgan, mustaqil matbuot imkoniyatlari mutlaqo yo’qqa chiqarilgan bir sharoitda o’tmoqda. 29-aprel kuni AQSh hukumati o’z tanqidiy chiqishlari uchun tanilgan, 2008-yildan beri panjara ostida qolayotgan jurnalist Solijon Abdurahmonovni ozod etishga chaqirdi. AQSh Davlat departamenti jurnalistga qo’yilgan ayblovlarni shubhali deb baholagan.
2008-yilda giyohvand moddalarni saqlashda ayblanib 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Solijon Abdurahmonov Qoraqolpog’istondagi muammolar haqida yozgan tanqidiy maqolalari bilan tanilgan.
Matbuot kuni munosabati bilan o’zbekistonlik bir guruh mustaqil jurnalistlar Solijon Abdurahmonov hamda 12 yillik qamoq jazosini o’tayotgan jurnalist Dilmurod Sayyidni ozod etishini so’rab prezident Islom Karimovga murojaat yo’llagan.
Mustaqil jurnalist Vasiliy Markov umidni ko’proq xalqaro hukumat va tashkilotlar bosimidan kutishini aytadi.
“Har holda, so’nggi paytdagi hodisalar, xususan, AQSh tomoni ham Solijon Abdurahmonovni ozod etishga chaqirayotgani qandaydir umidga asos beradi. Albatta, hozirgi vaziyatda bunday umid haqida to’liq ishonch bilan gapirish qiyin. Lekin, baribir, Solijon, uning ortidan qamoqda qolayotgan boshqa hamkasblarimizga ham biroz bo’lsa-da, yengillik bo’ladi, degan umid yo’q emas”, - deydi mustaqil jurnalist.
Unga ko’ra, so’z erkinligi bilan bog’liq vaziyat ko’p yillardan buyun o’zgarishsiz qolayotgan mamlakatda ijobiy o’zgarishlardan umid qilish juda qiyin. Jurnalist mamlakatdagi internet nashrlarida so’nggi paytda tanqidiy chiqishlar sonida o’sish kuzatilayotganini qayd etsa-da, bu chiqishlar so’z erkinligi bilan emas, yuqoridan kelayotgan ishoraga bog’liq, deb hisoblaydi. OAV mutlaqo hukumat nazoratida bo’lgan davlatda boshqacha bo’lishi mumkin emas, deydi u.
Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining xalqaro matbuot erkinligi kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida O’zbekiston prezidenti so’z erkinligining dushmani sifatida tilga olinadi. Tashkilot bayonotiga ko’ra, matbuotdagi tanqidiy chiqishlari uchun jurnalistlarga nisbatan jazo choralarini qo’llash ortida prezident Islom Karimovning shaxsan o’zi turadi.