Breaking News

Besh shtatdagi partiya saylovlarida Tramp va Klinton g'alaba qozondi


Sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton 26-aprel kungi saylovda besh shtatning to'rttasida g'alaba qozondi.
Sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton 26-aprel kungi saylovda besh shtatning to'rttasida g'alaba qozondi.

AQShda prezidentlik poygasi qizg’in davom etmoqda. Kecha “Super Seshanba” nomi ostida besh shtatda o’tgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp va demokrat Hillari Klinton g’alaba qildi. Tramp barcha shtatlarda g'alaba qozongan bo'lsa, Klinton to'rt shtatda ko'pchilik ovozlarni qo'lga kiritdi.

Davlatmand tadbirkor Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo’lishi ehtimoli yanada oshdi. Tramp besh shtatning har birida raqiblaridan yirik farq bilan ustun keldi.

“Meni Oq uyga saylasangiz, davlatimiz buyuklik mash’alasini qayta qo’lga oladi”, - dedi biznesmen.

Uning fikricha, saylovning saralash bosqichi tugadi hisob. Tramp ikki raqibini poygani tark etishga undamoqda.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Hillari Klinton Pensilvaniya, Merilend, Konnektikut va Delaver shtatlarida g’alabaga erishdi.

Nomzod bo’lish uchun zarur delegatlarning 90 foizini qo’lga kiritgan Klinton saralash poygasini tezroq yakunlab, e’tiborni noyabrdagi umumiy saylovga qaratmoqchi.

Raqibi Berni Sanders esa Tramp bilan bellashish uchun men kuchliroq nomzodman, deyishda davom etmoqda. U hali-veri poygani tark etmoqchi emasligini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG