Breaking News

Protasevichning ota-onasi uning taqdiridan xavotirda


Roman Protasevich
Roman Protasevich

Afinadan Litvaga uchib ketayotgan va Minskda qo’ndirilgan samolyotdan chiqarilib hibsga olingan bloger Roman Protasevichning onasi uning hibsxonada o’ldirib qo’yilishidan xavotirda ekanini aytdi.

Xalqaro hayot - 26-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:33 0:00

"Xalqaro hamjamiyatdan qattiq turib, yordam berishini so’rab qolaman. Aks holda o’g’limni o’ldirib qo’yishadi”, - deydi Nataliya Protasevich.

Bundan bir kun oldin tergov izolyatorida video bayonot bergan Romanning aytishicha, u tergovchilar bilan hamkorlik qilmoqda, unga muomala yaxshi. Roman o’tgan yili Minskda ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishga aloqadorlikda, terrorizmda ayblanmoqda.

Onasiga ko’ra, Romanni videoda ko’rgan tanish shifokor uning qiynoqqa solinganini, kaltaklanganini aytgan. Otasi Dmitriy esa o’g’lining burni sindirilganini taxmin qildi.

"So’nggi 3 yilda ilk bor ta’tilga chiqqan edi. Bormoqchi emas edi, ammo do’stlari majburlashdi”, - deydi ota.

Roman Lukashenko hukumatiga qarshi ko’plab faollar singari Belarusni tark etib, Polshada yashayotgan edi.

Lukashenko mamlakatiga qarshi hujumlarni Belarusni bo’g’ishga, uning o’zini esa hokimiyatdan olishga qaratilgan harakat deb baholadi.

Belarusdagi saylovlarda Lukashenkoga asosiy raqib bo’lgan, keyinchalik mamlakatni tark etishga majbur bo’lgan Svetlana Tixanovskayaning aytishicha, muxolifat Belarusda hukumatga qarshi faol namoyishlarning yangi bosqichini rejalamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG