Po'lat Oxunov 27 yoshida SSSR Xalq deputatlar syezdida erkinlik haqida so'zlab, butun mamlakat e'tiboriga tushgan. Andijon farzandi. Mustaqillik yillarida muxolifatda jonbozlik ko'rsatib, siyosiy bosimga uchragan va vatanini tark etgan. Hozirda Shvetsiyada istiqomat qiladi va Markaziy Osiyo Uyushmasi degan nohukumat tashkilotni boshqaradi. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jamg'armaga ham asos solgan.
Bugungi kun va kelajak haqida o'z fikrlarini bildirar ekan, Po'lat Oxunov yoshlarni faollikka, mahalliy doirada real o'zgarishlar qilishga undaydi.
Bu oson emas, deya tan oladi u, biroq umidni boy bermaslik kerak. Gap inqilob qilish emas, turmushni yaxshilash uchun oddiy qadamlar tashlay olishda, deydi u.
Yevropa siyosatchilari bilan muloqot olib borayotgan faol "Amerika Ovozi" bilan suhbatda mintaqaviy integratsiya Markaziy Osiyo uchun naqadar muhim ekaniga urg'u berdi. Etnik siyosatni o'zgartirish vaqti keldi, deydi u.
Marhamat, suhbatimizni tinglang.