AQSh hukumatining josuslik amaliyotini fosh qilgan ikki gazeta Pulitser mukofotiga sazovor bo’ldi. Amerikaning “Vashington Post” va Britaniyaning “Gardian” nashrlari AQSh Milliy xavfsizlik boshqarmasining sobiq agenti Edvard Snouden uzatgan maxfiy ma’lumotlar asosida agentlik faoliyatini yoritgan.
Snouden o’zi bilan millionlab maxfiy hujjatlarni o’g’irlab, Rossiyada siyosiy boshpana olgan.
“Nyu-York Tayms” gazetasi ham obro’li sovringa muyassar bo’ldi. Keniyada terrorchilar hujumiga doir fotosuratlari uchun unga ikkita Pulitser sovrini berildi.
Reyter axborot agentligi esa Birmada roxinjalik musulmonlarga qarshi tazyiqni yoritgani uchun bu sovringa sazovor bo’ldi. G’olibga 10 ming dollar mukofot puli beriladi.