Breaking News

Putin qurol poygasi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda


Arxiv surat - Putin va Tramp
Arxiv surat - Putin va Tramp

Agar Qo’shma Shtatlar qurollarni qisqartirishga qaratilgan muhim bitimdan chiqsa, dunyoda yangi qurol poygasi boshlanadi, deydi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

Xalqaro hayot - 25-oktabr, 2018-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:57 0:00

Moskvada Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte bilan uchrashgan Putinning aytishicha, AQSh Yevropada o’rta masofali raketalarini joylashtirsa, Rossiya javob berishga majbur bo’ladi.

“Javobimiz tez va samarali bo’ladi. AQSh bizni O’rta masofali yadro qurollarini yo’q qilish bitimini buzganlikda ayblab, shartnomadan chiqmoqchi. Ammo har doimgidek birorta dalil keltirishmadi. Aslida Qo’shma Shtatlar bitimni buzyapti”, - dedi Putin.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSh da’volarini qo’llab-quvvatlab chiqdi.

“Rossiya bir necha yildan beri bitim shartlariga amal qilmay kelyapti. Bunga ko’z yumib bo’lmaydi. Bitimni ikki tomon imzolasayu, faqat bir tomon unga amal qilsa”, - dedi Stoltenberg.

Alyans rahbari AQSh bitimdan chiqishi ketidan Yevropada yadro qurollari poygasi kuchayishiga ishonmaydi.

1987-yilda imzolangan kelishuvga ko’ra, AQSh va Rossiya 5000 kilometrgacha uchadigan raketalarni qurishi, sinashi va saqlashi mumkin emas.

Trampning aytishicha, Rossiya raketalari NATOga a’zo mamlakatlarga tahdid solmoqda. Moskva nazarida, AQShning Yevropadagi mudofaa tizimlari uni shunga majbur qilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG