Breaking News

Putin Lenin siyosatini tanqid qildi


Lenin haykali
Lenin haykali

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sovet Ittifoqi asoschisi Vladimir Lenin tuzumini tanqid qilar ekan, bolsheviklar amalga oshirgan qatag'onlarni, xususan, Rossiya Imperiyasining so'nggi podshohi Nikolay Ikkinchi, uning oilasi va xizmatkorlarining qatl etilishini, minglab ruhoniylar va burjuaziya vakillarining o'ldirilishini qoraladi.

Putinning aytishicha, Sovet Ittifoqining yemirilishiga Lenin targ'ib qilgan mafkura yetaklagan. Lenin taklif etgan tizimda respublikalar Sovet Ittifoqidan chiqish huquqiga ega bo'ldi, biroq uning safdoshi Iosif Stalin unitar davlat tizimini taklif etgan edi, dedi Putin.

Unga ko'ra, ittifoq tarkibidan chiqish huquqi keyinchalik mamlakat tarqalishiga olib keldi.

Putin SSSR Davlat xavfsizlik qo'mitasida ishlagan payt kommunistik mafkuraga chin dildan ishonganini aytadi.

“Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan so'ng partiyaning ko'plab amaldorlaridan farqli o'laroq men partbiletimni tashlab yoki yoqib yubormadim, uyda turibdi", - dedi Putin.

Unga ko'ra, Sovet Ittifoqida e'lon qilingan g'oyalar ajoyib bo'lgan, ammo ularning ijrosi oqsagan.

Lenin jasadini Mavzoleydan olib chiqib, yerga ko'mish masalasiga kelganda, Putin sabr qilishga chaqirdi.

"Hozir buning mavridi emas. Bu jamiyatimiz uchun og'riqli masala, shoshma-shosharlikka o'rin yo'q. Jamiyat bo'linishiga yetaklovchi qadam qo'ymaslik kerak", - dedi Putin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG