Vladimir Putin prezidentlikka qaytganiga yarim yil bo’ldi. Bu davr mobaynida Rossiyada fuqarolik jamiyatini jilovlashga doir qator choralar ko’rildi.
Xoinlik, shakkoklik, tuhmat va internet senzuraga oid yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda. Ruxsatsiz namoyishga chiqqanlarga solinadigan jarima miqdori keskin oshirildi.
Hafta boshida esa Rossiya ahli qiziq bir manzaraga guvoh bo’ldi. Xalq orasida tanilgan muxolifatchilardan biri Leonid Razvozjayev ichki ishlar xodimlari uni oliib ketayotganida “Meni Ukrainadan o’g’irlab, sudlash uchun Moskvaga olib kelishdi”, deya hayqirdi. Razvozjayev Kiyevdan siyosiy boshpana so’rab, ro’yxatdan o’tgan edi.
Kommersant gazetasi tahlilchisi Oleg Kashin fikricha, Rossiyada boshboshdoqlik oddiy bir holga aylanmoqda.
“Bu ketishda Rossiya qo’shni Belarusga o’xshagan avtrokratik bir davlatga aylanishi hech gap emas”, - deydi u.
Hozircha Vladimir Putinni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkodan ajratib turgan narsa shuki, G’arb davlatlarida Putinga hamon qo’l uzatishadi. Lukashenko bunday iltifotdan mahrum.
Ikki hafta ilgari mahalliy saylovlarda Yedinya Rossiya partiyasi ko’rsatgan nomzodlar, Putinning tarafdorlari g’alaba qozongan edi. Xorijdan moliya oladigan nodavlat tashkilotlarga kelasi haftadan boshlab “chet el agenti” degan tamg’a bosiladi.
Kuzatuvchilar fikricha, Putin o’tmishni qo’msab, Sovet Ittifoqidagi muhitni tiklayotgan ko’rinadi.
“Putin unga qarshi namoyishlarda qatnashgan o’n minglab odamlarga mushtini ko’rsatib qo’yayapti, faollikning oxiri voy bo’ladi deb eslatib qo’yayapti”, - deydi Masha Lipman, Moskvadagi Karnegi jamg’armasi eksperti.
Lipman va boshqa tahlilchilar nazarida, maqsad Rossiyani apolitizm, ya’ni siyosatdan xoli bo’lgan 2000-yillarga qaytarishdir. O’shanda aksar fuqarolarning fikru-xayoli siyosiy erkinlikda emas, balki erkin harakatlanish va ko’proq pul topib sarflashda edi.
Bugun esa Yevropada moliyaviy inqiroz davom etayapti, Xitoyda o’sish sur’atlari pasaygan. Natijada Rossiya iqtisodining negizi hisoblangan neft, gaz va boshqa mahsulotlar narxi avvalgidek baland emas.
Xavotir shundaki, Rossiya energetika sektoridan yetarli daromad qila olmasa, norozilik namoyishlari avj olib, Putin ularni repressiya orqali bostirishi mumkin. Ko’pgina neftni eksport qiluvchi mamlakatlarda bo’lgani kabi, Putin farovonlikni ta’minlay olsagina xalq unga ergashadi.
Kreml qo’llayotgan taktikalardan biri bu – barcha aybni Amerikaga to’nkash. Rossiyada oppozitsion guruhlar G’arbdan yo’l-yo’riq olayotgani bahonasida, yaqinda USAID, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi, mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Davlat televideniyesida propaganda avjida.
Olima Masha Lipman ta’rifiga ko’ra, muxolifatchilar G’arbdan moliya olayotgan va Rossiyani zaiflashlashtirishga bel bog’lagan xoinlar, degan da’voni ko’p eshitasiz.
Lekin AQShga nisbatan tanqidlar avj olgani bilan, Moskva va Nyu-York o’rtasidagi parvozlar doimo yo’lovchilar bilan gavjum. Rossiya sizga G’arb dunyosidan yakkalanib, uzilib qolgan Belarus emas, deydi Oleg Kashin.
“Rossiya elitasi farzandlari G’arbda ta’lim olishini istaydi. Ularning bu yerda bank hisob raqamlari, mol-mulki bor. Putin istasa ham Rossiyani G’arbdan uzib qo’ya olmaydi”, - deydi u.
Agar davlatga xiyonat to’g’risidagi yangi qonun kuchga kirib, odamlarni chet elliklar bilan gaplashgani uchun qamay boshlashsa, va chet el diplomatlarini Moskvadan haydab chiqarishsa, Vladimir Putinga G’arb poytaxtlaridan hech kim qo’l uzatmay qo’yishi mumkin.