Breaking News

Putin umrbod prezidentmi?


Rossiyada 20 yildan beri hokimiyat tepasida o’tirgan Vladimir Putinning siyosiy Olimpdan qachon tushishi aniq emas. Aksincha, shu yili qabul qilingan konstitutsion tuzatishlar unga 2036-yilgacha prezident bo’lish imkonini beradi.

Xalqaro hayot – 31-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:26 0:00

“Xalq o’z so’zini aytdi. Yangi muddatga harakat qilamanmi, yo’qmi, ko’ramiz”, - degan edi u referendum ketidan.

Putinga ko’ra, konstitutsion tuzatish Kremlda hokimiyat uchun ichki kurashning oldini olishga yordam beradi. Ayrim kuzatuvchilar nazarida, Putin siyosiy tizimni o’ziga moslab olgan.

“Putin shu sistemaning negizi. U mamlakatni o’z qo’llari bilan sozlab chiqqan va bundan faxrlanadi”, - deydi tarixchi Aleksey Kuznetsov.

Rossiyadagi hayotni ostin-ustun qilgan koronavirus pandemiyasi Putinni boshqa masalalar bilan shug’ullanishga majbur qildi.

Odatda jahon sahnasida olamshumul ishlar bilan band bo’lgan Rossiya rahbari sog’liqni saqlash sohasidagi inqiroz va iqtisodiy muammolarni hal qilishga kirishdi.

“Putin Rossiyani oyoqqa turg’izish, AQSh ta’zirini berish, yana qanaqadir geosiyosiy jasoratlar bilan band edi doim. Ijtimoiy muammolar – nafaqa, sog’liqni saqlash bilan shug’ullanmasdi”, - deydi siyosiy tahlilchi Dmitriy Oreshkin.

Aholi orasida davlatning koronavirusga qarshi siyosati, o’tirib qolgan iqtisodiyot, Putinning vertikal boshqaruv usuli yuzasidan norozilik kuchaymoqda.

Siyosiy muxolifat lideri Aleksey Navalniyning avgust oyida zaharlangani mamlakatda siyosiy erkinliklar chegarasini namoyish etdi. Ijtimoiy so’rov natijalari va yetakchi muxolifatchilar fikriga ko’ra, rossiyalik yoshlar Putinning umrbod prezident bo’lishini istamaydi.

“Odamlardan “Putinning hokimiyatda 2036-yilgacha qolishini istaysizmi” deb ochiq so’rasangiz, aksariyati yo’q deb javob beradi”, - deydi muxolif siyosatchi Dmitriy Gudkov.

Repressiv deya ko’rilayotgan ayrim yangi qonunlar hamda sobiq prezidentlar daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan chora Putinning prezidentlikdan keyingi kelajagiga ishonchi yo’qligini ko’rsatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG