Odatda Ramazon paytida Osiyoda bozorlar odamlar bilan gavjum, biroq koronavirus sabab joriy etilgan karantin natijasida ko’p mamlakatlarda musulmonlar uydan chiqa olgani yo’q.
Pokiston poytaxti Islomoboddagi “Itvar” bozori hatto yakshanba kuni yopiq edi. Minglab rastalar zanjirlangan.
Dehlining eski qismidagi huvillagan ko’chalar va bozorlardan Ramazon oyining ikkinchi haftasi o’tib borayotganini bilib bo’lmaydi.
Tarixiy Jama masjidiga olib boruvchi yo’l cheti odatda o’yinchoqlardan tortib, kiyim-kechak, taqinchoqlargacha savdolashayotgan xaridorlar bilan gavjum, biroq hammaga shu kunlarda uyda o’tirish buyurilgan.
17-asrda qurilgan qizil toshli masjid yonida savdo qiluvchi Vasim Ahmad bu yilgi Ramazon hayitida farzandlarini erkalata olmasligidan xavotirda.
“Hayitni qanday nishonlaymiz? Bolalarga sovg’a-salomlarni qanday olamiz”, - deydi u.
Afg’oniston poytaxti Kobulda ham aksariyat bozorlar bo’shagan va yopiq. Natijada narxlar oshgan, ba’zi narsalar internet orqali sotilmoqda.
Malayziya va Indoneziyada tungi bozorlar va an’anaviy Ramazon bozorlari yopiq.
“O’tgan yilgi Ramazon bilan bu yilgisining o’rtasidagi farq ulkan. O’tgan yili shu paytda ortimdagi bozorda oyoq qo’ygani joy bo’lmasdi”, - deydi Danil Roslan ismli bir odam.
Facebook Forum