Breaking News
Din

Amerika musulmonlari: Ro'za tutish - farz


Nyu-Yorkdagi Fotih masjidi
Nyu-Yorkdagi Fotih masjidi
Muqaddas Ramazon oyida dunyo bo’ylab musulmonlar ro’za tutmoqda. Islom e’tiqodiga ko’ra, Allohning kalomi Qur’on ilk bor shu oyda nozil qilingan. Shu bois Ramazonda musulmonlar ko’proq Qur’on o’qishga harakat qilishadi.

Bu yil Ramazon yoz fasliga to’g’ri kelgani uchun issiq va uzun kunlarda ro’za tutish oson bo’lmayapti. Ammo bu musulmonlarni ro’za tutishdan qaytara olgani yo’q.




Amerikalik yosh musulmon Malik Nabus va uning jiyanlari yozning issiq kunlarida ro’za tutayotganiga qaramay sport bilan shug’ullanishni tark etgani yo’q.

“Unchalik qiyin emas. Ba’zan uzoq o’ynolmaymiz, bir soatcha oynaymiz”, - deydi u.

Obid Bayu sportchi. U sport musobaqalarida qatnashadi. Ramazon paytida bu oson emas. Shuning uchun boshqa sportchilar kabi o’yin payti ro’zani buzishga majburman, deydi u.

“O’yin payti eng qiyini suv ichish imkoniyatiga ega bo’lmaslik”, - deydi Obid.

Obidning singlisi Sabrin maktabga bormagani uchun yozda ro’za tutish osonroq ekanini aytadi.

“Menga bu yoqadi, - deydi u. - Chunki erta turish shart emas. Kunlar uzun, ammo kechgacha uxlashingiz mumkin”.

Serag Gerbining aytishicha, musulmon bo’lmagan do’stlari uning qanday qilib kun bo’yi yemay-ichmay yurishidan ajabanishadi.

“Boshida shokka tushishadi, - deydi u. - Kun bo’yi suv ichmasligimni eshitishib. Ammo ular meni qo’llab quvvatlashishadi. Hatto oldimda ovqatlanishga uyalishadi”.

Yosh bo’lishiga qaramay, bu yigit-qizlar Ramazonning ahamiyatini yaxshi biladi.

“Dinimizga, Xudoga yaqinlashamiz bu oyda, - deydi Serag. - Ikkinchidan, ochlik orqali qashshoq odamlarni yodga olamiz. Biz ulardek emasligimizga shukr qilishimiz kerak”.

Sabrin esa ko'p yeyishning keraksizligini aytadi:

“Kun bo’yi ro’za tutib har kuni og’zimizga kiradigan ko’p narsaga aslida ehtiyojimiz yo’qligini tushunaman”.

Yosh bolalarga ro’za tutish majburiy bo’lmasa ham, to'qqiz yoshli Nurina Nabus ham ro’za tutib, ham namoz o’qimoqda.

“Ro’za tutishni xohladim, - deydi yosh qizcha. - Chunki dadam va oyim qanday ro’za tutishlarini ko’rmoqchi bo’ldim. Ularning hammasi ro’za tutadi”.

Nurinaning onasi Vafo Al-Mahgub boshlang’ich maktab o’qituvchisi. U yosh qizining ro’za tutishga qaror qilganidan ajablanganini aytadi:

“Bir kuni muzqaymoq do’koniga kirgandik, unga sen ro’zangni buzib, muzqaymoq yeyishing mumkin dedim. U esa, yo’q oyijon, iftor paytigacha kutaman va muzqaymoq olgani keyin kelaman, deb aytdi”.

Al-Mahgubning aytishicha, Ramazon oyida ovqat pishirish boshqa paytlarga qaraganda osonroq.

“Ramazon bo’lmagan kunlari ovqatni vaqtida pishirish uchun shoshib qilasiz, - deydi u. - Ramazonda esa boshqacha, vaqt yetarli. Bu oyda men xorijdagi opalarimga qo’ng’iroq qilib, ulardan yangi taom retseptlarini olishga harakat qilaman. Bu menga yoqadi”.

Ramazon butun oilani bir joyga jamlaydigan oy, deydi u.

Ramadan in Summertime/Ro'za tutgan amerikaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG